Му5
46

Va nihoyat saratonga qarshi vaksina yaratildi

Salomatlik 13.10.2019, 17:45
512
Va nihoyat saratonga qarshi vaksina yaratildi

Olimlar saratonga qarshi vaksinani yaratdi. Tadqiqotchilarning so`zlariga ko`ra, yangi kashfiyot saraton o`smalariga an`anaviy ta`sir o`tkazuvchi usul — kimyoterapiyaga zarurat qoldirmaydi. Bu haqda Rambler xabar bermoqda.

Innovasion preparat melanomadan butunlay qutulishga yordam beradi hamda kelgusida onkokasalliklar rivojlanishiga chek qo`yadi. Vaksina besh yil davomida yaratildi.

Ekspertlarga ko`ra, dorivor modda xavfli o`smalarga engil ta`sir o`tkazadi va bemorning kundalik turmush tarziga xalaqit bermaydi.

Ayni vaqtda vaksina samaradorligi kemiruvchilar ustida o`tkazilgan tajribalarda o`z tasdig`ini topdi.

Tadqiqotchilar yaqin 5-10 yilda melanomadan qiynalayotgan odamlarda klinik sinov o`tkazishni rejalashtirmoqda. Agar sinovlar ijobiy yakunlansa, preparat sotuvga chiqariladi.

Шарҳлар