Му5
46

Farg`onada qidiruvdagi 349 nafar shaxs va 220 ta avtomashina ushlandi

Jinoyat 18.10.2019, 09:44
276
Farg`onada qidiruvdagi 349 nafar shaxs va 220 ta avtomashina ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg`ona viloyati organlari tomonidan ijro hujjatlari bo`yicha 2019 yil 9 oyi davomida 389 nafar qarzdor jismoniy shaxslarga nisbatan qidiruv e`lon qilingan hamda 2018 yilda qidiruv e`lon qilinib joriy yilga qoldiq bo`lib o`tgan 145 nafar shaxslar bilan qidiruvdagi jami shaxslar soni  534 nafarni tashkil qilgan. Ularning 498 nafari aliment to`lashdan bo`yin tovlab qochib yurgan qarzdorlar.

 Joriy yilning o`tgan 9 oyi mobaynida qidiruvdagi 534 nafar shaxslarning 349 nafari ushlangan va ulardan 1 mlrd. 475,8 mln. so`mlik           sud hujjatida belgilangan qarzdorlik undirilgan. 

Jumladan, fuqarolik ishlari bo`yicha Qo`qon tumanlararo sudining 27.06.2006 yildagi qaroriga asosan qarzdor M.To`xtaboevdan undiruvchi Z.To`xtaboeva foydasiga bir nafar farzandiga to`lashi lozim bo`lgan aliment to`lovlaridan bo`lgan 20,0 mln. so`mlik qarzdorligini to`lamasdan qochib ketganligi sababli unga nisbatan 23.05.2019 yilda qidiruv e`lon qilingan.

Byuroning qidiruv guruhi xodimlari tomonidan qarzdor M.To`xtaboev 30.07.2019 yilda Toshkent viloyatining Angren shahridan ushlab olib kelinib, undan 20,0 mln. so`m aliment qarzdorligi to`liq undirilgan. 

 Shuningdek, qidiruv e`lon qilinib ushlanmagan qarzdorlarning 164 nafari xorijiy davlatlarda chiqib ketgan. 

Bundan tashqari, Byuro organlari tomonidan faqat qarzdor jismoniy shaxslarga emas, balki transport vositalariga nisbatan ham qidiruv e`lon qilinadi. Xususan, Farg`onada o`tgan davrda jami 255 ta transport vositalariga nisbatan qidiruv e`lon qilinib, 220 tasi ushlangan va ulardan ijro hujjatlarida ko`rsatilgan 5 mlrd. 825,9 mln. so`m undirilgan.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo`yicha Farg`ona tumanlararo sudining 16.10.2017 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.Xabibullaevdan bank foydasiga 143,5 mln. so`m undirish haqidagi ijro hujjati bo`yicha qonunda belgilangan muddatda qarzni to`lashdan bo`yin tovlagan.

Shunga ko`ra, qarzdorga tegishli «Lasetti» rusumli avtomashinasiga nisbatan qidiruv e`lon qilingan va tezkor tadbirlar jarayonida qidiruvdagi “Lasetti”ga fuqaro A.Qo`chqorovga tegishli bo`lgan “VAZ 2101” rusumli avtomashina nomiga rasmiylashtirilgan 40 F 078 KA davlat belgisini o`zboshimchalik bilan qo`yib yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Шарҳлар