Му5
46

Kitobda sement zavodiga tamal toshi qo`yildi

Jamiyat 21.10.2019, 19:40
240
Kitobda sement zavodiga tamal toshi qo`yildi

Kitob tumanidagi Makrid kengliklari hududida Xitoy Xalq Respublikasida faoliyat olib boruvchi korxonaning 100% foizlik sarmoyasi asosida sement ishlab chiqarish zavodining qurilishi ishlari boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligining Axborot xizmati xabar berdi.

Zavodning tamal toshi qo`yilishi marosimida Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro`ziev qatnashdi va sement ishlab chiqarish liniyasining ishga tushirilishini tantanali ravishda e`lon qildi. 

Bir kunda 3200 tonna, bir yilda 1,5 mln. tonna klinker va sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan ushbu zavodga xitoylik ishbilarmonlar tomonidan qariyb 200 million AQSh dollarilik sarmoya kiritildi. Sement zavodi qurib bitkazilib ishga tushsa 500 nafar kishi ish bilan band bo`lib, qurilish bunyodkorlik ishlari uchun yuqori sifatli sement etkazib berilishga erishiladi

Шарҳлар