Му5
44

"Epika" o`rindiqlari ichiga nimalar yashirilgan edi?

Jinoyat 22.10.2019, 17:10
311
"Epika" o`rindiqlari ichiga nimalar yashirilgan edi?

Sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarini yurtimizga turli nayranglar bilan olib kirishga bo`lgan urinishlarni bojxonachilarimiz o`z vaqtida bartaraf etishmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi G`ishtko`prik chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan, fuqaro N.J. boshqaruvidagi “Epika” rusumli avtomashina belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, qonunbuzar avtomashina o`rindiqlari ichiga umumiy qiymati 
4 million so`mlik biologik faol qo`shimchalarni mohirlik bilan joylab, bojxonachilarni chalg`itishga uringani aniqlandi.

Ammo uning bu nayrangi ish bermadi va hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. 

 

 

 

Шарҳлар