Му5
46

Janubiy Koreyada vatandoshlarimiz O`zbekistoning turizm salohiyatini targ`ib etishdi

Jamiyat 30.10.2019, 11:48
Теглар: Foto
448
Janubiy Koreyada vatandoshlarimiz  O`zbekistoning turizm salohiyatini targ`ib etishdi

Janubiy Koreyada istiqomat qilayotgan faol vatandoshlarimiz “Seul xalqaro madaniyatlar festivali” doirasida O`zbekistoning madaniyati, san`ati va turizm salohiyatini targ`ib etishdi.  

Tadbirda o`zbek milliy taomlari va qandolatchilik mahsulotlari bilan bir qatorda milliy liboslar, raqs hamda qo`shiqlar orqali O`zbekiston yoshlar umumjahon assosiasiyasining Janubiy Koreyadagi vakillari tomonidan koreys hamda boshqa chet ellik mehmonlarga O`zbekistonning boy madaniyati, san`ati va turizm salohiyati targ`ib qilinib, ona yurtimiz va turizm sohasida kuzatilayotgan o`zgarishlar haqida ko`plab ma`lumotlar taqdim etildi. 

O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi bilan hamkorlikda ona vatanimizni dunyoga tanitish, koreyaliklar orasida yurtimizning turizm salohiyatini targ`ib qilish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Seul xalqaro madaniyatlar festivali ishtirokchilari O`zbekiston haqida yanada chuqurroq taassurotga ega bo`lishdi. Festivalga tashrif buyurgan mehmonlarning O`zbekiston haqida qiziqtirgan savollariga javob berdik. O`ylaymizki, ularning vatanimizga bo`lgan qiziqishlari yanada ortdi” – deydi vatandoshimiz, O`zbekiston yoshlar umumjahon assosiasiyasining Janubiy Koreyadagi vakili Shohruh Jabborov. 

Шарҳлар

Xorijiy ijodkorlar o`zbek yoshlariga mahorat-sabog`ini o`tishdi

10.10.2019, 16:32

“Yozuvchi/rassom/madaniyat xodimi rezidensiyada” dasturi ishtirokchilari Yoshlar press klubida ijodkor yoshlar bilan uchrashishdi.O`zbek va xorij ijodkorlari hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu rezidensiya dasturining dunyoning turli...
Surxondaryoda uch egizak dunyoga keldi

07.10.2019, 18:03

Kuni kecha Termiz shahar Sahovat mahallasidagi Haydarovlar xonadonida uch nafar egizak farzandlar dunyoga keldi. Shahar tibbiyot birlashmasining tug`ruq bo`limida ko`zi yorigan surxondaryolik Iroda Xo`jamova ikki...
Maktabgacha ta`lim vazirligi mobil va modulli MTTlarni taqdim etdi (Foto)

04.10.2019, 15:49

2019 yil 4 oktyabr kuni mobil va modulli maktabgacha ta`lim muassasalarining taqdimoti bo`lib o`tdi. Ular oddiy MTTlarni qurish imkonsiz bo`lgan chekka qishloq joylari, tog`li hududlar...
Raqqosalarimiz Koreyadagi Niqob raqs festivalida ishtirok etishmoqda (foto)

03.10.2019, 17:44

O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri o`rinbosari boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi 27-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar Koreya Respublikasining Andon shahrida o`tkazilayotgan xalqaro Niqob raqs festivalida ishtirok etmoqda.