sevimli
Sevimli

O`zbekistonda kino prokati rivojlantiriladi

Madaniyat 01.11.2019, 09:57
Теглар: Kino
O`zbekistonda kino prokati rivojlantiriladi

Kecha, 31 oktyabr kuni "O`zbekkino" Milliy agentligida Vazirlar Mahkamasining davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan badiiy filmlarning reklamasi hamda televidenie, radio va Internet tarmoqlaridagi piar-kompaniyasi tashkil etish va amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida o`tkazilgan majlis bayoni yuzasidan  yig`ilish bo`lib o`tgani xaqida xabar bergan edik. Unda kino sohasining eng muhim va og`riqli nuqtalari, dunyo tajribasi, shuningdek istiqboli muhokama qilindi.

Firdavs Abduxoliqov, "O`zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori:

- Ma`lum bir davrda kino targ`iboti oqsab qolgani uchun bugun kino sohasida talay muammolar yig`ilib qolgan. Dunyo kino sanoatida kino uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan kinoprodyuserlar bizda etishmaydi.  Ular piar va targ`ibot bilan shug`ullanishi kerak. Kinoga qiziqtirish, unga auditoriya topish prodyuserlarning zimmasida bo`ladi. Shuningdek, Gollivud filmlarini o`zbek tiliga tarjima qilib, namoyish etish ham kino prokatini o`stiradi. Bugungi yig`ilishimizdan asosiy maqsad mana shu muammolarni aniqlash va ularga echim izlash. Muammolar aniqlandimi, echimiga bugundan kirishishimiz kerak. Shu maqsadda kino prokati ishini o`rganish bo`yicha ishchi guruhi tuziladi va ular barcha joyda bo`lib, muammolarni o`rganib kelishadi. Qolaversa, kino tanqidchiligini ham rivojlantirishimiz zarur. Chunki kinoni tanqid o`stiradi. O`zbek kinosining yutug`i - xalqimizning yutug`i. Barchamiz shu maqsad yo`lida birgalikda ishlashimiz kerak.

Dilmurod Masaidov, kinorejissyor:

- Kinoteatrlar qurishda shaharlar bilan cheklanib qolmasdan, qishloq joylarida ham ko`proq kinozallar qurish kerak. Ishonavering, qishloqda odamlar kino qo`yib bersangiz, hozir ham maza qilib tomosha qiladi. Aslida, qishloqda ichida bufeti, hamma sharoiti bor kinoteatr bo`lishi ham shart emas, kino ko`rsatadigan katta bir ekran bo`lsa bo`ldi. O`zim bolaligimda kinolarni qanday qiziqish bilan ko`rganimizni eslayman. Katta bir maydonda bitta kinoekran bo`lardi, xolos. Yana bir gap, kinoteatrlarda chet el filmlarini o`zbekchaga tarjima qilib namoyish etish kerak. Chunki deyarli hamma kinoteatrlarda chet el filmlari rus tilida ko`rsatiladi.

Muzaffar Erkinov, kinorejissyor:

- Kino targ`iboti, kinoteatrlar ahvolini yaxshilash, ularning sonini ko`paytirish haqida gapirarkanmiz, kino o`g`rilari bilan kurashni ham aytib o`tmoqchiman. Negaki uzoq yillardan beri "kinoqaroqchilik"dan jabr chekamiz. Jinoyat kodeksiga "kinoqaroqchilik" ni jazolash bilan bog`liq bandlar kiritilishi kerak deb o`ylayman. Chunki bitta kino suratga olish uchun katta bir ijodiy jamoa ishlaydi. Bu esa ularning mehnatini kuydiradigan bir holat.

Avvallari qishloqlarga ko`chma kinoteatrlar borardi, klublar bo`lardi va odamlar maza qilib kino tomosha qilishardi, masalan, hindlarning "Tansor disko" kabi filmlarini. Ammo hozir "Tansor disko" zamoni emas. Chunki kinoga bo`lgan qiziqish pasayib ketgan. Mana, Toshkent sitida nega kinoteatr qurilmayapti? Chunki kinoga borish madaniyati tushib ketgan. Biz birinchi navbatda tomoshabinda shu madaniyatni shakllantirishimiz kerak.

Шарҳлар

Ayni damda “Kinochilar uyi”da “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti boshlanish arafasida

22.12.2021, 17:56

Bugun, 22 dekabr kuni Kinochilar uyida O`zbekiston Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan an`anaviy “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri...
Fransiya: Endi kinolarga ham maxsus yo`llanma bilan kiritiladi

21.07.2021, 17:46

Fransiyadagi madaniy va ko`ngilochar joylar endi faqat raqamli vaksina olganlik haqidagi maxsus pasport egalari uchun  ochiqdir, bu Prezident Makron tomonidan mamlakatda universal emlashni ta`minlashga qaratilgan...
Erkin Vohidov hayoti va ijodiga bag`ishlangan “Tirik sayyora” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi

27.04.2021, 16:34

“Tirik sayyora” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan tasvirga olinmoqda. Poytaxtimizda qad ko`targan Adiblar xiyobonida haykallari o`rnatilgan shoir...
Yangi film — Anjelina Joli yovuz malika rolida (foto va video)

03.12.2020, 20:22

"Piter Pen va Alisiya mo``jizalar mamlakatida" (Qaytish) filmining suratga olish ishlari ikki yil oldin tugaganligiga qaramay namoyish etilmayotgan edi. Sababi shu vaqt ichida Brend Chepman...