O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning makroiqtisodiy ko`rsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga mo`ljallangan parametrlar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilishida eksport tarkibi, tashqi bozordagi talab va yurtimiz korxonalarining undagi o`rni chuqur tahlil qilindi.
O`zbekiston eksportining 50 foizidan yuqorisini hanuzgacha gaz, oltin, kumush, mis, rux, polietilen kabi xomashyolar tashkil etayotgani, arzon xomashyo mavjud bo`lgan tarmoqlar bo`yicha ishlab chiqarish va eksport etarlicha yo`lga qo`yilmayotgani ko`rsatib o`tildi.
Masalan, mamlakatimizda charm-poyabzal eksporti bo`yicha kamida 1,5 milliard dollarlik salohiyat bo`lsa-da, hozirda bu boradagi ko`rsatkich 200 million dollarga ham etmaydi.
Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O`zcharmsanoat” uyushmasiga terini chuqur qayta ishlab, ayollar poyabzallari va sumkalari, sport anjomlari va boshqa tayyor charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini 2 barobar oshirish vazifasi qo`yildi.
To`qimachilik mahsulotlari eksporti so`nggi ikki yilda 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 million dollarga etgan bo`lsa ham, uning deyarli yarmini ip-kalava tashkil etmoqda.
Shu bois Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasiga eksportda tayyor mahsulotlar ulushini oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.
25.02.2021, 17:52
Amerika Kengashlari tomonidan O`zbekistonga ingliz tilini rivojlantirish uchun 1000 ga yaqin o`qituvchilarning yuborilishi rejalashtirmoqda. 2022 yil oxirigacha respublika hududida ta`lim yarmarkasi tashkil etiladi. Bundan tashqari,...15.02.2021, 16:42
O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so`mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.Unga ko`ra, ertaga, 16 fevraldan e`tiboran valyutalar kursi quyidagicha:1 AQSh dollari 10 540 so`m 09...05.02.2021, 16:49
Mamlakatlarning milliy statistika tizimini rivojlanganlik darajasini baholab boradigan Jahon bankining “Statistika salohiyati indeksi”da O`zbekiston 67,8 ball bilan 154 ta davlat orasidan 67- o`rinni egalladi. Bu...04.02.2021, 23:24
Tahlilchilar O`zbekistonning iqtisodiy o`sish bo`yicha prognozlarini ko`tarishdi va bu tiklanish uchun tayyor ekanligini aytishdi.Fitch Solutions reyting agentligi 2021 yilda O`zbekistondagi yalpi ichki mahsulotning o`sishini 5,1...