my5
all

Qozog`iston mamlakatdan benzinni olib chiqib ketishga vaqtincha taqiq qo`ydi

Dunyo 05.11.2019, 20:32
Теглар: Qozog`iston, benzin, AYoQSh
530
Qozog`iston mamlakatdan benzinni olib chiqib ketishga vaqtincha taqiq qo`ydi

Qozog`iston Energetika vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Milliy xavfsizlik qo`mitasi olti oy davomida avtotransportda mamlakatdan neft mahsulotlarini olib chiqishni taqiqlovchi qo`shma buyruqni imzoladi. Hujjat dushanba kuni “Adilet” normativ-huquqiy hujjatlar veb-saytida e`lon qilindi.

“Olti oy davomida EOII TIFTN kodlarining 2709, 2710, 2902, 3403, 3811 guruhlariga tegishli tovarlarning (Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, neft mahsulotlariga taalluqli) transport vositalari orqali Qozog`iston Respublikasi hududidan olib chiqilishi taqiqlansin. 

Avtotransport vositalarining ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan va texnik shartlarga muvofiq o`rnatilgan benzobaklar, shuningdek, hajmi 20 litrdan ko`p bo`lmagan alohida idishlarda eksport qilish hollari bundan mustasno”, — deyiladi matnda.

Qozog`iston Energetika vazirligi matbuot xizmatibuyruq 2 noyabrdan kuchga kirganini ma`lum qilgan. Avvalroq, idora mamlakatda benzin va dizel yoqilg`isining chakana narxlari Rossiya, O`zbekiston va Qirg`izistonga nisbatan past ekani, bu respublika chegarasiga yaqin viloyatlarda tranzit transportlari orqali yoqilg`i-moylash materiallarining yuqori iste`moliga olib kelayotganini ta`kidlagandi.

Oktyabrda AI-92 markali benzin Qozog`istondagi AYoQShlarda 1 litri 150−155 tenge (3750 so`m) atrofida bo`lgan.

 

 

Шарҳлар

Rossiyadan kelayotgan o`zbeklar Qozog`istonda YTHga uchradi, ulardan biri halok bo`lgan

16.12.2019, 09:35

O`zbekistonlik fuqaro YTHga uchrab vafot etdi. Bu haqda TIV ma`lum qildiMamlakatimizning Qozog`istondagi Elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, 2019 yil 13 dekabr kuni ertalab soat 9:30 atrofida, Qarag`anda...
Qozog`istonda O`zbekiston Oliy Majlisi deputatligi uchun ovoz berish boshlandi

13.12.2019, 08:50

Qozog`istonda 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga muddatidan avval saylovlar boshlandi, deb xabar bermoqda Kazinform’ga tayannib O`zA.“Fuqarolarga imkon qadar qulay...
Ichida o`zbeklar va tojiklar bo`lgan avtobus Qozog`istonda YTHga uchradi

02.12.2019, 18:13

Bugun “Samara – Chimkent” yo`lida 74 nafar yo`lovchini olib ketayotgan avtobus YTHga uchradi. Oqibatda ikki kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kazavtojol MK” AJ matbuot xizmati boshlig`i...
Qozog`istonda sovuqda buzilib qolgan avtobusdan 55 nafar O`zbekiston fuqarosi qutqarib qolindi

22.11.2019, 14:14

O`zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog`iston) Bosh konsulxonasi 2019 yil 20 noyabr kuni Samara-Chimkent yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan va ichida 57 nafar odam, jumladan 55 ta O`zbekiston fuqarosi...