13

Hindistonlik kinoijodkorlar Xorazmda “Khuda Hafiz” nomli filmni suratga olmoqda

Madaniyat 07.11.2019, 16:37
Теглар: O`zbekkino, Hindiston
559
Hindistonlik kinoijodkorlar Xorazmda “Khuda Hafiz” nomli filmni suratga olmoqda

Hindistonning Panorama Studios O`zbekistonda “Khuda Hafiz” nomli romantik jangari filmni suratga olish ishlarini boshladi. Bu haqda "O`zbekkino" milliy agentligi Matbuot xizmati xabar qildi.  

Ma`lum qilishlaricha, film rejissyori sifatida Faruk Kabir ishtirok etmoqda. 

“Khuda Hafiz” filmini tasvirga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSh, Rossiya va qator Evropa mamlakatlaridan 30 kishi O`zbekistonga kelgan. Filmni suratga olish ishlari 14 oktyabrda boshlangan. Ayni paytda s`yomka ishlari qizg`in davom etmoqda.

Ushbu loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiev ham ishtirok etayapti. Shu bilan birga ijodiy jarayonda O`zbekistondan bir qator ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilingan. 

O`zbekistondagi suratga olish ishlari byudjeti bir million dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkent va Xiva shaharlarida suratga olinadi. Shundan so`ng ijodiy guruh o`z ishini Hindistonda davom ettiradi.

“Khuda Hafiz” filmi romantik-ekshin janrda bo`lib, bosh rolni Vidyut Jamvall ijro etmoqda. Kinokartina haqidagi dastlabki ma`lumotlarni filmning menejeri, kinotanqidchi Taran Adarsh Twitter sahifasida e`lon qilgan. Film syujetiga hayotiy voqealar asos qilib olingan. 

Kartina prem`erasi 2020 yilda bo`lishi rejalashtirilgan.

Шарҳлар