Му5
46

Tezkor: Abdulloh topildi va u uyiga qaytyapti

Jamiyat 09.11.2019, 01:01
Теглар: Abdulloh
1660
Tezkor: Abdulloh topildi va u uyiga qaytyapti

Ijtimoiy tarmoqlarning so`nggi kunlardagi qahramoni, ikki haftadan buyon bedarak yo`qolgan Abdulloh Tohirov va nihoyat topildi.  U yo`qolganidan buyon birinchi marta bugun aloqaga chiqdi. Bu haqda uning otasi Dilmurod Tohirov ma`lum qildi.

"Men uni hali ko`rmadim, u menga bugun - juma kuni 22:00lar atrofida qo`ng`iroq qildi. kayfiyati yaxshi edi. Toshkentdan chiqib, uyga qarab yo`l olganini aytdi. Ovozidan xursandligi bilinib turibdi. Qolgan tafsilotlarni aytgisi kelmadi", — degan Abdullohning otasi. 

Eslatib o`tamiz:

Andijon viloyat IIBga chaqirilgan 20 yoshli yigit uyiga qaytib kelmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda "Abdulloh qaerda?" sarlavhasi ostidagi post tarqaldi.

“Abdulloh qaysidir amaldorni so`kkan emish! Yoxud uni urib ketgan VSF raqamli mashinada kimlar yurishini bilasiz...” taxminlari

"Abdulloh"ga rasmiylardan javob borligi.

Abdulloh bo`yicha ilk rasmiy ma`lumot berilgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, “Adolat” partiyasi “Qonun barcha uchun barobar, Abdulloh qaerda?” degan so`rov bilan chiqdi.

 

Шарҳлар

“Qonunni oyoq osti qilmang!” Yoxud Abdulloh haqida “Adolat” partiyasining tahminlari bor

08.11.2019, 18:48

 Bugun Abdullohni qidirish harakati tobora avj oldi. Ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar, OAV va nihoyat partiyalardan has sado chiqa boshladi. Xususan, “Adolat” partiyasi “Qonun barcha uchun barobar,...
Abdulloh bo`yicha ilk rasmiy ma`lumot berildi, biroq...

08.11.2019, 11:56

So`nggi kunlarda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Abdulloh Tohirov bilan bog`liq xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Axborot xizmati xabar berdi.Yoshlar ittifoqi mazkur vaziyat bo`yicha bir necha...
“Abdulloh qaysidur amaldorni so`kkan emish! Yoxud uni urib ketgan VSF raqamli mashinada kimlar yurishini bilasiz...”

08.11.2019, 10:40

Ma`lumki ikki kundan beri Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida yashovchi Abdullohni IIB xodimlari olib ketib, bir haftadan buyon daragini bermayotgani OAV, bloger va ijtimoiy tarmoqlar muhokamasida bo`lmoqda....