AsosiyJinoyat

Pochta jo`natmalari orqali yuborilgan marixuana manzilga etib bormadi

'Pochta jo`natmalari orqali yuborilgan marixuana manzilga etib bormadi'ning rasmi

Xalqaro pochta Konvensiyasiga asosan, pochta jo`natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat`iyan taqiqlangan. O`zbekiston Respublikasi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to`g`risida”gi Qonunining 17-moddasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo`natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo`natmalarida jo`natish taqiqlanishi ko`rsatib o`tilgan.

Ammo shunga qaramay, pochta jo`natmalari orqali qonunga xilof ravishda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo`lgan dori vositalarini hamda narkotik moddalarni jo`natish holatlari uchrab turibdi.

Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining  “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi qoidabuzarlikni fosh qilishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Jumladan, fuqarolar X.N., T.A. va A.F.lar nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmalari bojxona nazoratidan o`tkazilganida,  bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan,  150 dona tarkibida psixotrop moddalari mavjud bo`lgan dori vositalari borligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro U.T. nomiga yuborilgan pochta jo`natmasida dona “Marixuana” o`simligining urug`lari borligi ham ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar