Samarqand shahar tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo`limida 48 yoshli ayol bir oy komada yotdi. Shifokorlarning sa`y-harakatlari bilan u hayotga qaytarildi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion dasturida ma`lum qilindi.
«Bemor miyasida juda katta o`sma bilan sun`iy nafas oldiruvchi apparat bilan bir oydan ortiq komada yotdi», — deydi Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi boshlig`i Ahmadjon Bobojonov.
Qayd etilishicha, ayolning yaqinlari uning ahvolini ko`rib, yashab ketishidan umidini uzgandi.
«Ammo shifokorlar eng so`nggi daqiqada ham ayolning ahvolini yaxshilash, uning hayotini saqlab qolish imkoni borligiga hammani ishontirdi», — deyiladi reportajda.
«Bir-ikki marta yarim kechasi soat 02:00 larda ham operasiya qilishga to`g`ri keldi. Shifokorlarimizning sa`y-harakatlari bilan ayolning hayotini saqlab qoldik. Hozir o`ziga keldi, savollarimizga javob beryapti», — deydi tibbiy birlashma rahbari Ahmadjon Bobojonov.
«Bir oy mobaynida oldiga kirardik, ismini aytib chaqirsak, javob bermasdi, ko`rmasdi, eshitmasdi. Hozir ismini aytsak bizga qarayapti, gaplashyapti. Bir oy mobaynida shuni angladimki, shifokorlik dunyodagi eng qiyin soha ekan», — deydi bemor ayolning turmush o`rtog`i.
Shifokorlar kasb bayrami arafasida tashki etilgan tantanali tadbirda Samarqand tibbiyot birlashmasi viloyatdagi «Yilning eng yaxshi sog`liqni saqlash tashkiloti», deya e`tirof etildi.
22.01.2021, 22:00
Sal avval san`atni tark etgan Jahongir Otajonovning ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi shov-shuvli videosi tarqaldi. Unda sobiq xonanda, O`zbekiston prezidentidan uni respublikaning biror hududiga hokim etib tayinlashini so`ragan."Eshitishimcha,...22.01.2021, 14:01
Cal avval Namangan viloyati Mingbuloq tumanida kuchli shamol sabab aholi xonadonlari tomlarining qulab tushgani xabar qilingan edi. Mazkur talofat yuzasidan "Zamon" informasion dasturida batafsil ma`lumot...22.01.2021, 12:25
Farg`ona viloyatining qo`shtepa tumanida fuqaro “Moskvich”ni haydab ketayotganida kutilmaganda boshqaruvni yo`qotdi. Oqibatda Katta Farg`ona kanaliga tushib ketgan. Bu haqda Zamon infarmasion dasturi xabar bermoqda. Chamasi soat 20:40...20.01.2021, 14:29
Jahongi Otajonov prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘ymoqchi. Qo‘shiqchi bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida gapirgan.“Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilning birinchi martidan O‘zbekistonda prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik boshlanishi...