Му5
48

O`Z KELINIDAN KUYGAN ONANING HIKOYaSI

Mutolaa 12.11.2019, 17:40
1152
O`Z KELINIDAN KUYGAN ONANING HIKOYaSI

Yoshim 67 da. 4 nafar farzandning onasiman. 2017 yil 24 noyabr kuni o`g`limni orzu-xavas bilan uylantirdim. O`g`lim va kelinim avvaliga yaxshi yashashdi. Keyinchalik arzimagan sabab bilan orasida janjal chiqa boshladi. Avvaliga kelinimni yonini olib, o`g`limni urushdim. Oradan 1 oy o`tar-o`tmas, dekabr oyida kelinim, o`g`lim va men tushlik qilayotgan paytimizda kelinimning telefoniga SMS xabari kelib qoldi. U telefonni shartta olib, boshqa xonaga chiqib ketdi. Izidan o`g`lim xonaga kirguncha kelinim sim-kartani telefonidan olib, sindirib, yutmoqchi bo`ldi. O`g`lim esa og`zidan sim-kartasini olib, uning kim bilan gaplashayotganini bilish maqsadida uyali aloqa kompaniyasiga olib borsa, ular singan sim-karta ma`lumotlarini tiklab berolmasliklarini aytishgan. Shunda ham o`g`lim meni o`ylab, taqdiriga ko`nib yashayverdi. Lekin ahvol o`nglanmadi...

Kelinim oddiy maishiy uy ishlariniyam qilmasdi. Peshinda 3-4 soatlab uxlardi, oilasi buzilmasin deb indamasdim. O`g`lim bilan urushib qolishsa, darrov “otamni uyiga ketaman, meni otam boshiga toj qiladi” der edi. Men esa, yaxshi gapirib, uyga qaytarardim. Oylar o`tdi... 2018 yilning 14 iyulida o`g`lim bilan yana urushib qolib, kelinim ota uyiga ketib qoldi. Men esa, opasiga qo`ng`iroq qilib, bor gapni aytib berdim. Ular kelib, kelinimni qatarib olib kelishdi. Yana oradan 2 hafta o`tib, o`g`lim uyga to`lib-toshib, yaxshi kayfiyatda kirib keldi va kelinimning begona erkak bilan telefonda gaplashib turganini eshitib qoladi. Telefoniga qarasa, kelinim o`g`limni, meni, butun oilamizni kurakda turmaydigan gaplar bilan haqoratlab, SMS-xabarlar jo`natib turar ekan. Shundan so`nggina o`g`lim qaynotasiga qo`ng`iroq qilib, bor gapni aytib berdi. Kelinim esa “o`zimni mashina tagiga tashlayman” deb kech soat 23 larda bizni qo`rqitmoqchi bo`ldi. Bir amallab qaytardik. Birozdan so`ng otasi va akasi kelib, kelinimni urardan nari-beri qilib, uyiga olib ketishdi. 2018 yil 12 sentyabrda uning ota uyida ko`zi yoridi. Bu orada men siqilganimdan 3 ta jarrohlik amaliyotini o`tkazdim. To`y qilaman deb kuyovimdan katta miqdorda qarz olgandim. Uni uzish uchun uyimni sotishimga to`g`ri keldi. Qudalarim esa, qizini uyimizga kiritish uchun sudga ariza berishigandi. Eski uyimiz qarz hisobiga kuyovim nomiga rasmiylashtirib berilgandi. O`zimiz esa, katta o`g`limning uyiga ro`yxatga qo`yilgan edik. Fuqarolik sudi esa, kelin tushgan uyning 1 xonasiga rasmiylashtirib berilsin deya qaror chiqardi. Mana endi bu kelin dastidan qizimning ham oilasi buzilay deyapti...

                Men hayotim boshqalarga o`rnak bo`lishi uchun, hozirgi kelinlar bunday xatolar qilmasliklari uchun, o`z farzandlarini o`z otasi bilan o`stirib, baxtli yashashga harakat qilishlarini istardim... Haytim hammaga ibrat bo`lsin. 

Шарҳлар