my5

Surxondaryoga eng ko`p sayyoh Afg`onistondan kirib kelmoqda. Ular nima izlamoqda?

Jamiyat 14.11.2019, 08:36
Теглар: Surxondaryo, Afg`oniston
1701
Surxondaryoga eng ko`p sayyoh Afg`onistondan kirib kelmoqda. Ular nima izlamoqda?

 

O`tgan 2018 yil 700-800 kishi kelgan bo`lsa, bu yil to`rt mingdan ortiq qabul qilindi. Afg`onlarga, eng avvalo, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik qiziq. Ular xotirjamlik izlab kelmoqda, deydi O`zA

Yurtimizda sayyohlik rivojlanmoqda. Buni Surxondaryoga kelayotgan mehmonlar sonidan ham bilsa bo`ladi. Bu yil bizga o`tgan yilgidan ko`ra uch barobar ko`p sayyoh keldi. 

Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar sayyohlik borasida boy tajriba to`plagan. Surxondaryo endi ular safiga qo`shilib bormoqda. Aslida bizda ko`plab tarixiy obidalar mavjud bo`lib, ular endi ta`mirlanib, sayyohlar e`tiboriga havola etilmoqda. Hakim at-Termiziy, Iso at-Termiziy, Sulton ota, Qirq qiz kabilardan tashqari buddizm bilan bog`liq o`ndan ziyod obidalar mavjud. Denov, Termiz, Sho`rchi va Muzrobod tumanlarida ular ko`proq uchraydi. Fayoztepa, Kampirtepa, Dalvarzintepa. Qoratepa kabilarni ko`rish uchun Yaponiya, Xitoy va Malayziyadan har yili juda ko`p odamlar kelmoqda.

Bizda turizmni boshqa turlari qatori tanishtiruv turizmi ham rivojlanmoqda. Bu yo`nalishda AQSh, Germaniya, Fransiyadan ko`p kelishadi. Eng ko`pi esa Afg`onistondan keladi. Ularga viza berib ulgurmaymiz. Chunki, yurtimiz ko`pgina davlatlar uchun ochiq bo`lgani bois Afg`onistondan kelish ham juda oson. O`tgan yili 700-800 kishi kelgan bo`lsa, bu yil to`rt mingdan ortiq qabul qilindi. Afg`onlarga, eng avvalo, yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik qiziq. Ular xotirjamlik izlab keladi. Mehmonxonalarga joylashib, tarixiy obidalarni ko`radi va bog`larda sayr qilib besh, o`n kun qolib ketadi.

 

Шарҳлар

Surxondaryolik og`ufurush qo`lga olindi

10.10.2020, 19:58

Surxondaryo viloyati IIB JQB giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan katta miqdordagi giyohvandlik moddasi savdosiga chek qo`yildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB...
Prezident tayinlagan yosh hokim koronavirus shifokorlari uchun yangi tashabbusni boshladi

21.07.2020, 22:40

Mart-aprel oylaridagi karantin davrida Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida yashovchi ijtimoiy og`ir ahvoldagi aholiga bolali sigir tarqatish tashabbusi bilan tanish bo`lgan respublikamizdagi eng yosh hokimlardan biri...
Surxondaryoda 7-sinf o`quvchisi uni mazax qilgan sinfdoshini daryoga cho`ktirib o`ldirdi

21.12.2019, 10:14

Surxondaryo daryosining Qumqo`rg`on tumani “Xo`jamulki” mahallasi yonidan oqib o`tuvchi qismida maktab o`quvchisi jasadi topildi. Ushbu holat bo`yicha Surxondaryo viloyati XTB tafsilotlarni ma`lum qildi.Aniqlanishicha, 2019 yil...
Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchini ishdan bo`shatmaslik uchun pul talab qildi

16.12.2019, 15:27

Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchidan pora talab qildi, deya xabar berdi “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati.Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tuman...