my5

Namangan viloyati hokimi tibbiyot birlashmalarining har biriga “Neksiya-3” sovg`a qildi

Jamiyat 14.11.2019, 15:23
Теглар: hokim, ​Namangan, Shuhratbek Abdurahmonov, Hayrullo Bozorov
1008
Namangan viloyati hokimi tibbiyot birlashmalarining har biriga “Neksiya-3” sovg`a qildi

Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida mamlakatimizda Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanadi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov yig`ilganlarni bayram bilan qutlab, Prezidentimizning O`zbekiston sog`liqni saqlash xodimlariga tabrigini o`qib eshittirdi.

Tantanali tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoevning tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan qabul qilgan farmoniga muvofiq to`rt nafar namanganlik soha fidoyilarigi davlat mukofotlari topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasiga “Jentra” hamda Namangan shahar va tumanlar tibbiyot birlashmalariga “Neksiya-3” yangi xizmat avtomobillarining kalitlari topshirildi, deya xabar beradi Namangan24.

Shuningdek, tibbiyot sohasida uzoq yillar samarali xizmat qilib, hamkasblariga o`rnak bo`layotgan va jamoat ishlaridagi faolligi bilan tanilgan soha fidoyilaridan bir guruhi viloyat hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar. Qolaversa, yilning eng namunali shifokori ko`rik-tanlovi nominasiyalari bo`yicha g`oliblar ham aniqlanib, ularga esdalik sovg`alari va diplomlar taqdim etildi.

Avvalroq Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ushbu bayram munosabati bilan viloyatda o`tkazilgan tadbirda shoir Sharofiddin Boltaboevga ushbu Nexia-3 avtomobilini sovg`a qilgani haqida xabar bergandik.

Шарҳлар

Namanganda 20 nafar yosh bolani temir zanjir bilan jazolab kelgan «ustoz» qo`lga olindi

19.09.2020, 17:32

Namanganda o`z uyida diniy saboq bergan fuqaro qo`lga olindi. Bu haqda IIB xabar bermoqda.Ma`lum bo`lishicha, 25 avgust kuni viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash...
Namanganda 9 yoshli qizaloq 20 yoshli haydovchi sabab halok bo`ldi

15.09.2020, 21:29

Namanganda 20 yoshli yigit o`zining nomida bo`lmagan avtomashinani boshqarib 9 yoshli bolani urib yubordi.Ma`lum bo`lishicha, 14 sentyabr kuni soat 10:30 larda, Kosonsoy-Namangan yo`lining 16 km.da...
Fuqaroga qo`pol muomalada bo`lgan Namangan viloyati hokimligi xodimiga chora ko`rildi

06.02.2020, 20:49

Joriy yilning 5 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati hokimligi xodimining fuqaro bilan telefon orqali muloqot chog`ida odob-axloqqa zid bo`lgan so`kinish holati yozilgan audioyozuv tarqaldi.Viloyat...
Namanganda “Neksiya” 30 kishini olib kelayotgan “ISUZI”ga urildi. Qurbon bor

15.01.2020, 10:22

2020 yil 14 yanvar kuni soat 08:20 larda Namangan viloyati Uychi tumanida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra,...