Му5
48

Vobkentda tarbiyachi lavozimi uchun 300 AQSh dollari so`raldi

Jinoyat 14.11.2019, 17:55
Теглар: Vobkent, tarbiyachi
260
Vobkentda tarbiyachi lavozimi uchun 300 AQSh dollari so`raldi

Vobkent tumanida yashovchi fuqaro M.R.ning arizasi yuzasidan tadbir o`tkazildi, deya xabar berdi Buxoro viloyati IIB.

Ma`lum bo`lishicha, Romitan tumanida yashovchi 39 yoshli U.J. o`zi ishlaydigan maktabgacha ta`lim muassasasiga yordamchi tarbiyachi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga M.R.dan ta`magirlik yo`li bilan 300 AQSh dollari miqdorida pora berishni talab qiladi.

2019 yil 7 noyabr kuni soat 09:15larda muassasa binosida kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSh dollarini U.J. muassasa yordamchi tarbiyachisi M.B orqali olayotgan vaqtida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

U.J.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 210-moddasi 2-qismi va M.B.ga nisbatan JKning 212-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Шарҳлар