Му5
48

Taniqli pianinochi qadrdon liseyning 80 yilligiga bag`ishlab konsert o`tkazdi (foto)

Madaniyat 17.11.2019, 22:51
Теглар: musiqa,, pianino, beshta tashabbus
537
Taniqli pianinochi qadrdon liseyning 80 yilligiga bag`ishlab konsert o`tkazdi (foto)

Mohir pianinochilaridan biri, yurtdoshimiz Behzod Abduraimov o`zi tahsil olgan V.Uspenskiy nomidagi musiqa akademik liseyining 80 yilligiga bag`ishlab xayriya konsertini taqdim etdi. Tadbir O`zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan Beshta tashabbus tarkibiga kiruvchi tavsiyalar doirasida o`tkazildi.

Konsertda Saida Mirziyoeva turmush o‘rtog‘i Oybek Tursunov bilan ishtirok etdi. U o‘z so‘zida litsey jamoasini qutlug‘ sana munosabati bilan muborakbod etdi, nafis san'at sohasida iqtidorli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan mas'uliyatli ishlarida muvaffaqiyat tiladi. Yosh musiqachilarni Behzoddek Vatan faxri bo`lishga, el-yurtga beminnat xizmat qilishga chaqirdi.

 

Шарҳлар