Му5
48

AOKA Toshkent shahar hokimi masalasi yuzasidan ikkinchi rasmiy bayonotini e`lon qildi

Jamiyat 18.11.2019, 12:23
Теглар: hokim, Komil Allamjonov, Jahongir Ortiqxo`jaev, AOKA
1101
AOKA Toshkent shahar hokimi masalasi yuzasidan ikkinchi rasmiy bayonotini e`lon qildi

O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ikki kundan buyon muhokamalar maydonida bo`layotgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bilan bog`liq masalaga nisbatan rasmiy munosabatini e`lon qildi. Buni Agentlik rahbari Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasi orqali ma`lum qilgan.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi shuni ma`lum qiladiki, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayotgan Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo`jaev bilan bog`liq vaziyat o`z echimini topdi, buni ikki tomon ham tasdiqlab turibdi.

Mazkur nizoning jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va blogerlar tomonidan faol tarzda muhokama qilinishi, bunga Bosh prokuratura, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Adliya vazirligi va siyosiy partiyalarning tezkor munosabat bildirishi mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining kuchi tobora ortayotgani, jamiyatda demokartik o`sishning shakllanayotgani, OAVning bosqichma-bosqich “to`rtinchi hokimiyat”ga aylanayotgani, respublikamizning ochiqlik sari dadil odimlayotganidan dalolat beradi.

Vaziyatni yanada chigallashtirishga yo`l qo`ymaslik uchun, shuningdek, Kun.uz tahririyati iltimosini inobatga olgan holda, Agentlik blogerlar va jurnalistlarni shahar hokimining ushbu nashr jamoasi bilan uchrashuvi natijalarini hisobga olishga va bundan keyin bu mavzuni bo`rttirmaslikka chaqiradi.

Ishonamizki, tegishli davlat idoralari tomonidan ushbu masalani o`rganish ishlari oxiriga etkaziladi va unga to`laqonli huquqiy baho beriladi”.

Eslatib o`tamiz, ushbu masala yuzasidan AOKAning dastlabki rasmiy munosabati ham e`lon qilingan edi. 

Шарҳлар

Jahongir Ortiqxo`jaevning nomzodi deputatlikka ko`rsatildi

21.11.2019, 19:30

Joriy yilning 22 dekbar kuni Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo`lib o`tadi. Mamlakatdagi 5 siyosiy partiya allaqachon o`z nomzodlarini olg`a...
Sirdaryo tuman hokimi nomidan soxta qaror chiqarildi

21.11.2019, 14:34

Sirdaryoda tuman hokimi nomidan qalbaki qaror chiqarib bergan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda darakchi.uz’ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning...
Ikki kundan buyon muhokamada bo`lgan shahar hokimi Ortiqxo`jaev masalasiga nuqta qo`yildi (foto)

18.11.2019, 09:18

Kun.uz sayti jamoasi shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaev bilan uchrashdi va o`zaro tushunmovchilikka barham berildi.So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy internet nashrlarida Toshkent shahri hokimi Jahongir...
Namangan viloyati hokimi tibbiyot birlashmalarining har biriga “Neksiya-3” sovg`a qildi

14.11.2019, 15:23

Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida mamlakatimizda Tibbiyot xodimlari kuni keng nishonlanadi.Tadbirda Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov yig`ilganlarni bayram bilan qutlab, Prezidentimizning O`zbekiston sog`liqni...