Му5
48

O`zbekistonda futbol yangi bosqichga olib chiqiladi

Sport 18.11.2019, 20:04
Теглар: Futbol
390
O`zbekistonda futbol yangi bosqichga olib chiqiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qo`yildi.

 Bugun O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasida mazkur farmonni takomillashtirish va uni yanada boyitish yuzasidan yig`ilish o`tkazildi. Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O`FA raisining birinchi o`rinbosari Ravshan Irmatov, Respublikamizda futbol sohasida ulkan tajribaga ega bo`lgan soha mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdi.

“Dunyo tajribasidan ma`lumki, futboli zo`r bo`lgan mamlakatning iqtisodi ham yaxshi bo`ladi. Mazkur farmon muhokamaga qo`yilishidan avval uni O`FA raisi bilan yaxshilab muhokama qilib oldik. Zero, shaxsan Prezidentimizning o`zlari futbolni yanada rivojlantirish bo`yicha topshiriq berdilar. Mana, bizning bokschilarimizni butun dunyo tan oldi. Nega boshqa sport turlarida bunday darajaga chiqa olmaymiz? Chunki sportning ushbu turida yillar davomida shakllanib kelayotgan o`zbek boks maktabi bor, malakali mutaxassislar va yaxshi yo`lga qo`yilgan tizim mavjud. Mana shu tizimli ishlashni boshqa sport turlarida ham yo`lga qo`ysakgina natijaga erisha olamiz. Buning uchun ishni, avvalo, bolalar futbolini rivojlantirish va xususiy futbol maktablarini rivojlantirishdan boshlash kerak. Mana shunday tashabbus bilan chiqadigan tadbirkorlarni doimo qo`llab-quvvatlaymiz”, – dedi Abdujabbor Abduvohidov.

Mazkur farmonda O`zbekistonda futbolni aholi o`rtasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega bo`lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimini yo`lga qo`yish, mamlakat futbolini rivojlangan mamlakatlar bilan raqobat qila oladigan darajaga etkazish, xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo`yicha mutaxassislarni tayyorlash, futbol klublari faoliyatini rivojlantirish, terma jamoalar uchun o`quv-mashq jarayonini samarali tashkil etish, mamlakatimizda futbol bo`yicha yirik xalqaro musobaqalar, jumladan, o`smirlar, yoshlar va xotin-qizlar jamoalari o`rtasida jahon va qit`a birinchiliklarini o`tkazish chora-tadbirlari belgilab berildi.

Farmon loyihasi futbolni yangi bosqichga olib chiqish bo`yicha 18 ta band, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida professional futbolni rivojlantirish sxemasi (4 yo`nalishda), 5 bobdan iborat O`zbekistonda futbolni 2030 yilgacha yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi, 2019-2020 yillarda amalga oshiriladigan “Yo`l xaritasi”, 7 qismni o`zida jamlagan 2030 yilgacha futbolni rivojlantirishning maqsadli ko`rsatkichlari, 2020–2025 yillarda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi futbol mahorat maktablarini tashkil etish, ularda qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish jadvali, O`zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o`tkaziladigan professional futbol klublari ustav fondidagi davlat ulushlari va xo`jalik jamiyatlarining ulushlari ro`yxati, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o`zgartirish va qo`shimchalar kabi ilovalardan tashkil topgan.

Шарҳлар

O`zbekistonlik futbolchi Italiya jamoasiga o`tadi

25.11.2019, 18:12

O`zbekistonlik yosh futbolchi, «Bunyodkor» yarimhimoyachisi Jasur Jaloliddinov legionerga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Klub matbuot xizmat xabar berdi.Keltirilishicha, Jasur Jaloliddinov Italiya «B» Ceriyasi ishtirokchisi «Benevento»ga o`tadi.«Yosh futbolchimizning harakatlari...
Futbol afsonasi Ronaldino Saudiyada ko`rinish berdi

22.11.2019, 20:18

21 noyabr kuni Saudiya Arabistonida “Motor Show-2019”avtomobillar ko`rgazmasi ochildi. Bu ko`rgazmada birinchi avtomobilni braziliyalik futbol yulduzi Ronaldino sotib oldi. Bu haqda arabnews.comga tayanib xabar qilindi.Barselonaning...
IIBB Falastin va O`zbekiston futbol o`yiniga tashrif buyuuruvchilarga murojaat qildi

19.11.2019, 15:33

19 noyabr kuni Jahon Chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida “Paxtakor” stadionida Falastin va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasida futbol o`yini bo`lib o`tadi. Uchrashuv 17.00 da boshlanadi.Toshkent shahar Ichki...
Mana sizga hisobni ochgan Shomurodovning goli (video)

14.11.2019, 18:44

Bugun futbol bo`yicha Jahon chempionati saralashi doirasida O`zbekiston guruhdagi o`zining asosiy raqibi - Saudiya Arabistoni bilan maydonda kuch sinashmoqda.Ilk hisobni Shomurodovning goli boshlab berdiMana sizga hisobni ochgan...