Samarqand viloyati Payariq tumani Tamayrat MFY 31-uyda istiqomat qiluvchi Farog`at Yo`ldosheva Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Xalq bilan muloqot” guruhi orqali O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat yo`lladi.
Ayol 25 yoshli farzandini o`ldirgan jinoyatchilarga nisbatan jazo beriilishini so`rab arz qilgan. Ushbu jazoni tayinlanishida marhumning onasi Respublikadagi barcha huquqni muhofaza qilish organlaridan yordam so`ramoqda.
Ayolning yig`lab so`zlab berishicha, o`g`li uxlab yotgan vaqtda uning ustiga bostirib kelib, vahshiylarcha, qo`yni bo`g`izlagandek, so`yib tashlashgan.
Ushbu jinoyat mahalladoshlari A.Ergashev va Sh.Safarov tomonidan qilinganligi, biroq mahalliy mas`ul organlar tomonidan jinoyat yashirilayotganligi arz qilinmoqda. Ushbu noqonuniy harakatlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi xodimlarining ham javobgarlikka tortilishini so`ragan.
Shuningdek, ayol ushbu adolatsizlik yuzasidan shaxsan o`zi ma`lumotlar berish uchun “Xalq bilan muloqot” guruhida telefon raqamini ham qoldirgan.
darakchi.uz ham voqea yuzasidan aniqlik kiritish uchun mas`ul davlat organlari bilan bog`lanishga harakat qiladi.
26.02.2021, 12:13
2020 yilning noyabr oyida 42 yoshli pastdarg`omlik erkak xotinining boshqa erkak bilan ishqiy munosabatlari haqida xabar topgach, Samarqanddagi Mirzo Ulug`bek ko`chasida joylashgan savdo markazida ularni...21.02.2021, 20:20
Samarqandda «BITSIMPLEX» nomli MChJ xodimlari fuqarolardan 500 AQSh dollaridan 22 250 AQSh dollarigacha pul mablag`larini olib, pullarni qaytarib bermayotganligi aniqlangan. Bu haqda Tergov departamenti xabar...21.02.2021, 17:27
Samarqandda «BITSIMPLEX» nomli MChJ xodimlari fuqarolardan 500 AQSh dollaridan 22 250 AQSh dollarigacha pul mablag`larini olib, pullarni qaytarib bermayotganligi aniqlangan. Bu haqda Tergov departamenti xabar...19.02.2021, 18:07
2021 yil 14 fevral kuni "Toshkent-Samarqand-Buxoro" yo`nalishida qatnovchi “Sharq” yo`lovchi poezdi Juma temir yo`l bekatida, ya`ni Pastdarg`om tumani “A.Navoiy” mahallasida hududidan o`tgan temir yo`lda harakatlanib...