Му5
48

IIBB Falastin va O`zbekiston futbol o`yiniga tashrif buyuuruvchilarga murojaat qildi

Sport 19.11.2019, 15:33
Теглар: Futbol, O`zbekiston, Falastin
328
IIBB Falastin va O`zbekiston futbol o`yiniga tashrif buyuuruvchilarga murojaat qildi

19 noyabr kuni Jahon Chempionati-2022 saralash bosqichi doirasida “Paxtakor” stadionida Falastin va O`zbekiston terma jamoalari o`rtasida futbol o`yini bo`lib o`tadi. Uchrashuv 17.00 da boshlanadi.

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi futbolga tashrif buyuruvchilarga murojaat bilan chiqdi

“Barcha futbol muxlislaridan chiptalarni oldindan xarid qilishlarini va o`yinga boshlanishidan bir soat oldin kelishni iltimos qilamiz. 

Shaxsiy avtomobilni uyda qoldirib, taksi yoki jamoat transportidan foydalanishni tavsiya etamiz.

Agar o`z avtomobilingizda kelmoqchi bo`langiz, uni Islom Karimov, Olmazor va Navoiy ko`chalari chetida qoldirmasdan, “Xumo Arena” muz kompleksini ko`p qavatli avtoturargohida qoldiring. 

Shuningdek sizdan navbat bilan stadionga kirishni, tartibsizlik qilmaslikni hamda sumka va shaxsiy buyumlarni tekshirish qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz.

Navbatda turganingizda, sizdan oldin turgan odamlar stadionga kirishlarini kutib turing. Atrofdagilarni hamda jamoat tartibini va sizning xavfsizligingizni ta`minlovchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini hurmat qiling.

Shuningdek o`zingiz bilan ichimliklar, kungaboqar pistalarini, shirinliklar olib kelmaslikni iltimos qilgan bo`lardik, ammo olib kelgan taqdiringizda ham, ulardan qolgan chiqindilarni stadion o`rindiqlarida qoldirmang.

O`zgalar mehnatini hurmat qiling!”

Шарҳлар

O`zbekistonda qurilajak AES mutaxassislari Rostov viloyatida tahsil oladi

04.12.2019, 13:20

Rostov-na-Donu shahrida O`zbekistonning Bosh konsulligi tomonidan “O`zbekiston-Rossiya: ikki davlatning ijtimoiy-siyosiy aspektlari” mavzusidagi muhokamalar doirasi tashkil etildi. Tadbir RF janubidagi eng qadimiy va nufuzli oliy ta`lim muassasasi...
O`zbekiston va Rossiya harbiylari shartli terrorchilar to`dasi batamom tor-mor qilishdi

04.12.2019, 11:04

Sharqiy harbiy okrug “G`urumsaroy” dala-o`quv maydonda “Sharq – 2019” O`zbekiston va Rossiya Federasiya harbiy xizmatchilarining hamkorlikdagi taktik o`quv mashg`ulotlari bo`lib o`tdi. Bir nechta o`quv joylarida ishtirokchilar...
Bugun tongda O`zbekistonda yana zilzila bo`ldi

04.12.2019, 08:52

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabariga ko`ra, bugun, 4 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 05:35da O`zbekistonda zilziila bo`ldi. Koordinatalar 39,81 gradus shimoliy kenglik, 68,01 gradus...
O`zbekistonga qaytishni istaganlar orasida Rossiyadan bo`lgan murojaatlar etakchilik qilmoqda

03.12.2019, 18:35

 Xorijda ishlab yurgan o`zbekistonliklarning vatanga qatishlarida ko`maklashilayotganiligi bo`yicha ma`lumot berildi.Unga ko`ra, 2019-yil 1-yanvardan 1-noyabrgacha “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi tomonidan 381 ta ariza qabul qilingan. Murojaatlarda...