my5

Samarqanddagi qurilishda bo`lgan janjal ortidan Turkiya fuqarolari mamlakatiga qaytarib yuborildi

Jamiyat 20.11.2019, 15:06
Теглар: Turkiya, ​Samarqand, janjal, qurilish
1272
Samarqanddagi qurilishda bo`lgan janjal ortidan Turkiya fuqarolari mamlakatiga qaytarib yuborildi

Xabaringiz bor, 6 noyabr kuni Samarqandda qurilishda ishlaydigan o`nlab ishchilar o`rtasida ommaviy janjal bo`lgan va  mushtlashuv turklar va o`zbeklar o`rtasida kelib chiqqandi.

Shundan so`ng, Turkiyada mehnat muhojiri bo`lgan pedagog Feruza Izzat Feysbuk sahifasida Samarqandda yuz bergan janjalda jabrlangan turk quruvchisining so`zlarini e`lon qilgandi.

Ayni paytda ushbu qurilish ishlarida qatnashgan 73 nafar turk fuqarolarining barchasi mamlakatiga qaytarilib yuborilgani aytilmoqda.

Eslatib o`tamiz, IIV ma`lumotiga ko`ra, Samarqand shahar, Qora suv massivi, Obod Maskan mahallasi hududida “Agromir Bilding” MChJ tomonidan qurilayotgan ko`p qavvatli uylarning qurilish maydonida qurilish-montaj ishlarini olib borayotgan, Turkiya davlati fuqarolari bilan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari o`rtasidagi kelishmovchilik oqibatida, o`zaro tan jarohatlari etkazilgan.

Surishtiruv jarayonida, mazkur janjal 1996 yilda tug`ilgan Payariq tumani “Toxirshayx” mahallasida yashovchi, yakka tartibda mavsumiy mehnat bilan shug`ullanuvchi o`zbek fuqarosi S.P. “Agromir Bilding” MChJ tomonidan yollangan quruvchi-montajchi bir nechta turk fuqarolari bilan olovda isinish bahonasidan kelib chiqqanligi, shundan so`ng u avjiga chiqib, yuzaga kelgan janjalga qurilishga yollangan boshqa O`zbekiston fuqarolari aralashib bir birlariga tan jarohatlari etkazilganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, Samarqanddagi qurilish ishlariga 1.800 dan ziyod O`zbekiston Respublikasi hamda 200 dan ortiq Turkiya davlati fuqarolari jalb etilgan.

Ushbu holat natijasida Turkiya davlati fuqarolaridan to`rt nafari va mahalliy fuqarolardan bir nafari engil tan jarohati olgan.

Shuningdek, 7 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining jabrlanganligi, jinoyat ishidagi ishtirokchilik va ayblilik darajasiga tergov harakatlari davomida to`liq aniqlik kiritiladi.

Шарҳлар

M-39 yo`lining Samarqand tumani hududidan o`tgan qismi vaqtinchalik yopilmoqda

26.10.2020, 21:16

M-39 yo`lining Samarqand tumani hududidan o`tgan qismi vaqtinchalik yopilmoqda.Bu haqda Viloyat IIB YHXB xabar berdi.Samarqand tumani hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining baydarka va kanoeda eshkak...
Turkiyada zararli mahsulotlar ro`yxati ma`lum qilindi

12.10.2020, 20:22

Turkiyaning Sabah nashri sog`lom organizmni yo`q qiladigan 8ta mahsulotlar nomini ma`lum qildi.Zararliligi bo`yicha birinchi o`rinda – shakar. U teri, tanadagi lipidlar va oqsillarga zarar etkazishi...
Samarqandda koronavirusga chalinganlar 10 baravar kamaytirib ko`rsatilgani ma`lum qilindi

07.10.2020, 23:23

Samarqandda, buning ortidan mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar statistikasi kamaytirib ko`rsatilmoqda. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma`lum qilgan.“COVID-19 statistikasi masalasida...
Agrar universitetning Samarqand filiali tashkil etildi

16.09.2020, 22:59

Hukumatning tegishli qaroriga binoan, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.Joriy yilda ushbu filialga jami 515 ta qabul kvotasi ajratildi....