Му5
48

Qashqadaryoda haydovchi mashinasi bilan evakuatorga ortildi. IIB vaziyatga izoh berdi (Video)

Jamiyat 22.11.2019, 17:27
Теглар: Video
1150
Qashqadaryoda haydovchi mashinasi bilan evakuatorga ortildi. IIB vaziyatga izoh berdi (Video)

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati YouTube videoxostingida «Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan katta tortishuv. Mashina haydovchisi bilan evakuatorga ortildi» sarlavhasi ostida joylashtirilgan videoga munosabat bildirdi.

Ta`kidlanishicha, mazkur videodagi  holat 12 noyabr kuni xizmat taqsimotiga asosan viloyat IIB YHXB YPX inspektorlari safdorlar E.Bo`ritoshev hamda M.Jonuzoqovlar «Qarshi—Shahrisabz» yo`lining Yakkabog` tumani Oqtosh qishlog`ida xizmat o`tab turgan vaqtida sodir bo`lgan.

70 Y 339 JA davlat raqamli Nexiaavtomashinasi 3.24 yo`l belgili («Yuqori tezlik cheklangan») 50 kilometr/soat tezlik cheklangan joyda 60 kilometr/soat tezlikda harakatlanib kelgan. YPX xodimlari buni Iskra-Video-2 rusumli tezlikni o`lchash moslamasi yordamida aniqlab, ushbuavtomashina haydovchisi to`xtatilgan. YPX inspektori haydovchiga o`zini tanishtirib, sodir etgan qoidabuzarligi bo`yicha tushuncha berib, avtomashina boshqarishga oid hujjatlarini talab qilingan. Avtomashina haydovchisi fuqaro N.Qo`yliev hujjatlarini taqdim qilmasdan YPX xodimlaridan xizmat guvohnomasi, dislokasiyasi hamda Iskra-Video-2 tezlikni o`lchash moslamasining sertifikatini ko`rsatishni talab qilgan.

Haydovchining talabiga asosan hujjatlar taqdim etilgandan so`ng haydovchi YPX inspektorlariga «radar o`zi qaerda, nomerlari to`g`ri keladimi, meni oldimga olib keling» deb aytgan. Safdor M.Jonuzoqov «Agar hujjatlarni taqdim qilmasangiz, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtiramiz», deganida haydovchi «Yigitlar, bular menga tezlikka aytishyapti. Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumaniga qaerdan keldi bu bazatqilar», deb YPX inspektorlari bilan tortishgan. Safdor M.Jonuzoqov haydovchining talabiga asosan to`rt nafar guvoh chaqirtirganida haydovchi YPX inspektoriga dislokasiyada yo`qligini aytib tortisha boshlagan.

Haydovchining talabiga asosan chaqirtirilgan guvoh o`zini Temurmalik Karimov ekanligini aytib, haydovchidan o`zini tanishtirishni so`ragan. Safdor M.Jonuzoqov haydovchiga «Hurmatli haydovchi, agar ijtimoiy tarmoqlarga chiqarsangiz, qonun oldida javob berasiz», deb aytganida «Agar olsa, mendan pulimni oladi» deya YPX xodimlariga ters javob qaytargan. Shundan so`ng safdor E.Bo`ritoshev haydovchi M.Qo`ylievga ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Haydovchi ma`muriy bayonnoma bilan tanishmagandan so`ng guvohlar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 291-moddasi (Transport vositalarini ushlab turish va ko`rikdan o`tkazish asoslari va tartibi) va ichki ishlar vazirining 2011 yil 31 may kunidagi 68-sonli buyrug`ining 36-bandida «Ushlab turish sabablari bartaraf etilgunga va ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rilgunga qadar» deb ko`rsatilganligiga asosan avtomashina jarima maydoniga qo`yish uchun evakuatorga ortilgan.

Haydovchi esa mashinadan tushmasdan «Hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoev! Yakkabog`da yana bir noxush holat, o`zingiz bularga jazo qo`llaysiz» deb videotasvirni yakunlagan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.

 

Шарҳлар

Chiroqchida yana bir ayiq otib o`ldirildi (Video)

21.11.2019, 18:21

Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani Beshchashma qishlog`ida IJ rusumidagi ov miltig`i bilan qo`ng`ir ayiq otib o`ldirildi. Eltuzga yuborilgan videoda qizil kitobga kirgan noëb qo`ng`ir ayiqning nimtalanib...
O`rtog`ini "manyak" deb atagan shaxs aniqlandi (Video)

21.11.2019, 18:04

So`nggi paytlarda ijtimoiiy tarmoqlarda insonlar orasida vahima uyg`otishga qaratilgan, “yosh bolalar o`ldirilib, ichki a`zolari sotilmoqda”, degan yolg`on xabarlar tarqaldi va ko`pchilikning bahs-munozaralariga sabab bo`ldi. Bu...
Qochoqlarni Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi (Video)

19.11.2019, 16:51

Qochoqlarni yuk mashinalarida Evropaga etkazib beradigan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda Hudud yoshlar informasion dasturi xabar berdi. 
Jerar Deparde dunyo ahlini Sharq ertaklari bilan tanishtirish uchun O`zbekistonga keldi (Video)

19.11.2019, 16:34

Buxoro viloyatining boy sayyohlik salohiyati va Fransiyalik mashhur aktyor Jerar Depardening viloyatga tashrifi to`g`risida Rossiya telekanalining "Vesti" axborot dasturida maxsus reportaj efirga uzatildi.