my5

Qozog`iston Suriya va Iroqdan o`z fuqarolarini qaytarmoqda

Dunyo 30.11.2019, 22:40
Теглар: Qozog`iston, bola
920
Qozog`iston Suriya va Iroqdan o`z fuqarolarini qaytarmoqda

Qozog`iston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko`ra, 27 noyabr kuni Iroqdan Qozog`istonga 14 nafar qozog`istonlik bola evakuasiya qilingan.

“Voyaga etmagan Qozog`iston fuqarolari terror faoliyatiga aloqador bo`lgani uchun Iroq qamoqxonalarida jazo muddatini o`tayotgan onalari yonida edi. Hujjatlashtirish jarayoni va reabilitasiya davri tugagach bolalar qarindoshlariga topshiriladi“, deyiladi Qozog`iston TIV bayonotida.

Vazirlikning noyabr oyi yakunlariga ko`ra, taqdim etgan ma`lumotida qayd etilishicha, Suriya va Iroqdan Qozog`istonga 277 nafar kishi (57 erkak, 220 ayol) va 547 nafar bola qaytarilgan.

Shuningdek, Yaqin Sharqdagi mojarolar hududida bolalarni hisobga olmaganda 100 ga yaqin Qozog`iston fuqarosi bo`lishi taxmin qilinmoqda.

Шарҳлар