Му5
3

Arablarda ko`pxotinlilik nega urfdan qolmoqda? Bu savolga olimlar javob topdi

Dunyo 03.12.2019, 18:57
Теглар: ko`pxotinlik, olimlar
2311
Arablarda ko`pxotinlilik nega urfdan qolmoqda? Bu savolga olimlar javob topdi

Liviya, Marokko, Tunis, Jazoir va Mavritaniya kabi mamlakatlarda ko`pxotinlilik tobora urfdan qolmoqda, dedi Muhammad VI nomli Marokkodagi sosiologiya universiteti professori Muxtor al-Xarras arab dunyosida oila holati mavzusiga bag`ishlangan forumda. Bu haqda batafsil Ria Novosti xabar berdi.

"Liviyada murakkab vaziyat va iqtisodiy sabablarga ko`ra, ko`pxotinlilik singari holatlar soni kamaydi. Tunisda esa 1975 yilda ko`pxotinlilikni ta`qiqlovchi qonun qabul qilingan. Marokkoda 2004 yilda bir vaqtning o`zida bir nechta nikohdan o`tishga to`siq qo`yadigan qonun qabul qilindi. Xususan, bir nechta xotinga uylanishni istagan erkak bir nechta shartlarni bajarmog`i lozim, xususan, birinchi xotinning ruxsatini olish shartlardan biri sanaladi. 

Jazoirda ko`p xotinga ega erkaklar soni juda kam, va umuman olganda, ko`pxotinlilik g`oyasi jamiyatda ko`pam qo`llab-quvvatlanmaydi. Mavritaniyada ko`pxotinlilik jamiyatning muayyan qatlamlari orasidagina keng tarqalgan", - deya tushuntiradi professor.

Al-Xarrasning aytishicha, ko`pgina arab davlatlarida ko`pxotinlilik o`z dolzarbligini yo`qotayotganining sababi shuki erkaklarning shu kecha-yu kunduzda barcha xotinlari va bolalarini teng darajada ta`minlay olmasligi bilan izohlanmoqda. 

Bundan tashqari, professorning qayd etishicha, arab ayollari orasida ko`pxotinlilikning adolatsizligi, bunday holatlarda ko`pincha ayollar va bolalar huquqi poymol etilishi haqidagi fikr tobora keng ommalashmoqda.

Shu bilan birga, Mag`ribdagi arab davlatlarida erkaklar hali ham o`z ayollarining ishlashlarini hazm qila olishmaydi, ijtimoiy tadqiqotlarga ko`ra, ushbu davlatlarda oilalarning uchdan bir qismida ayolning ishlashi er bilan kelishmovchiliklarga sabab bo`ladi. Mintaqaning eng feministik mamlakati hisoblanmish Tunisda aynan shu turdagi kelishmovchiliklar ko`proq uchrashi ta`kidlanmoqda. Ma`lum bo`lishicha, tunislik erkaklarning 42%i o`z ayolining mehnat faoliyatidan norozi. Agar ayolning ishlashiga izn bermas ekan erkak uni o`zi ta`minlashga majbur. Xotinlari soni bir emas bir necha bo`lganda esa ularni ishlatmasdan ta`minlash bugungi erkaklarga juda qiyin bo`lmoqda.

Шарҳлар