my5

O`zbekistonda qurilajak AES mutaxassislari Rostov viloyatida tahsil oladi

Siyosat 04.12.2019, 13:20
Теглар: O`zbekiston, Rostov
1132
O`zbekistonda qurilajak AES  mutaxassislari Rostov viloyatida tahsil oladi

Rostov-na-Donu shahrida O`zbekistonning Bosh konsulligi tomonidan “O`zbekiston-Rossiya: ikki davlatning ijtimoiy-siyosiy aspektlari” mavzusidagi muhokamalar doirasi tashkil etildi. Tadbir RF janubidagi eng qadimiy va nufuzli oliy ta`lim muassasasi – Rostov Davlat iqtisodiyot universiteti ("RINX") maydonida OTM prezidenti A.U.Albekov hamda rektori E.N.Makarenko ishtirokida bo`lib o`tdi. 

Rossiya tomondan rasmiylar, diplomatik korpus, biznes doiralar, akademik va ilmiy doiralar vakillari, jamoat arboblari, "RINX" talaba va aspirantlari ishtirok etishdi. 

Tadbir doirasida ishtirokchilarga so`nggi yillarda O`zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma`lumot berildi. 

Shu bilan birga, O`zbekistonda o`tkazilishi kutilayotgan parlament saylovlari, ta`lim, turizm hamda sog`liqni saqlash sohalaridagi islohotlarga katta e`tibor qaratildi.

Shundan so`ng tomonlar O`zbekiston-Rossiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan ta`lim tizimi va O`zbekistonda qurilajak AES uchun mutaxassislarning Rostov viloyatida tahsil olishi masalalarini muhokama qilishdi. 

Ta`kidlash joizki, muhokamalar doirasida Rostov viloyatiga tashrif buyurgan O`zbekiston OTMlari delegasiyasi ham faol qatnashdi. Toshkent Davlat texnika universiteti, Turin politexnika universitetining Toshkent filiali hamda Andijon mashinasozlik instituti rektorlari rasmiy chiqishlardan keyingi fikrlar almashinuvida faol ishtirok etib, forum ishtirokchilarining ko`p sonli savollariga javob berishdi. 

Bundan tashqari, O`zbekiston OTMlari delegasiyasining “RINX” Rostov davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati bilan uchrashuvi o`tkazilib, unda tomonlar oliy ta`lim muassasalari o`rtasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Tadbir yakuniga ko`ra, Andijon mashinasozlik instituti hamda “RINX” o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat shuningdek Andijon OTMsida yangi buxgalterlik hisobi va audit, logistika va axborot xavfsizligi kafedralari ochilishi masalasini ishlab chiqishni ko`zda tutadi. 

Muhokamalar doirasi RF Qonunchilik kengashi, Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Rostov viloyati jamoatchilik palatasi, Butunrossiya xalq fronti hududiy bo`limi hamda Rostov-na-Donu shahri jamoatchilik palatasi hamkorligida tashkil etilgan.

Шарҳлар

Rossiyadan O`zbekiston fuqarolarini qaytarish uchun navbatdagi avtobuslar yo`lga chiqdi

26.09.2020, 19:41

O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan Rossiya Federasiyasining Qozog`iston bilan chegara oldi hududi Samara viloyatida to`planib qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish maqsadida joriy yilning 23 sentyabr kuni...
16 sentyabr. Bugun 597 kishida kasallik aniqlandi, 6 kishi vafot etdi

16.09.2020, 23:50

Shu yilning 16 sentyabr kuni O`zbekistonda 597 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent...
O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar 49 mingdan oshdi

16.09.2020, 23:40

2020 yil 16 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 49 162 (+147) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati...
15 sentyabr. O`zbekistonda 570 kishi koronavirusga chalindi

15.09.2020, 23:55

Shu yilning 15 sentyabr kuni O`zbekistonda 570 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga...