my5

BMT TD tomonidan xohlovchi jurnalistlar uchun mahorat treningi tashkil etilmoqda

Jamiyat 06.12.2019, 13:10
593
BMT TD tomonidan xohlovchi jurnalistlar uchun mahorat treningi tashkil etilmoqda

Toshkentda 13-15 dekabr kunlari  “Ma`lumotlar jurnalistikasi, ma`lumotlar vizuallashtirilishi, ma`lumotlarga dasturiy ishlov berish” mavzusida trening tashkil etiladi.

 Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, trening BMT TDning ma`lumotlar jurnalistikasi bo`yicha mutaxassisi tomonidan o`tkaziladi.

Ishtirokchilarga ochiq ma`lumotlar bilan ishlash tajribasi o`rgatilib, shaxsiy loyihalarini taqdim qilish taklif qilinadi. Birinchi uch o`rinni egallagan g`oliblarni qimmatli sovg`alar kutmoqda.  

Treningga jurnalist va talabalar taklif qilinmoqda. Ishtirok etish uchun 10 dekabrga qadar ushbu havola yordamida ro`yxatdan o`tish lozim bo`ladi. 

Шарҳлар