Avval xabar berganimizdek, 6 dekabr kuni erta tongda 17 yoshli B.N. Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Boyg`undi mahallasida o`z uyining hovlisida osilgan holda topilgan.
Ushbu mudhish voqea bo`yicha Qashqadaryo viloyati IIB rasmiy ma`lumot taqdim etdi.
Unga ko`ra, haqiqatdan ham, 2019 yilning 6 dekabr kuni soat 06:15 larda Koson tumani, “Boyg`undi” mahallasida yashagan voyaga etmagan B.N yashash hovlisiga o`rnatilgan temir turnikka o`zini osib, o`z joniga qasd qilgan.
Mazkur holatni uning akasi J.N. ko`rib qolib, sirtmoqni kesib, B.N.ni Koson tumani Tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limiga olib borgan. Shifokorlar voyaga etmagan B.N. vafot etganligini qayd etishgan.
Hodisa joyidan B.N. o`zini osish uchun foydalangan, uzunligi 1 metr bo`lgan sintetik matodan to`qilgan ayollar bosh ro`moli daliliy ashyo sifatida prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Voyaga etmagan B.N.ning o`z joniga qasd qilishi hodisasi yuzasidan uning ota-onasi bilan suhbatlashilganda, marhum B.N. maktabda a`lo baholarga o`qiganligini, yoshligidan ichki ishlar organlarida xizmat qilish orzusida bo`lganligini, lekin voyaga etmagan B.N.ning o`z joniga qasd qilib vafot etishi, ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog`liq emasligini ta`kidlagan, uning otasi G`.A. va boshqa yaqin qarindoshlari tomonidan e`tiroz bildirilmagan.
Hodisa yuzasidan Koson tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.