Му5
3

Bugun davlat madhiyasiga ehtirom ko`rsatilmoqda

Siyosat 10.12.2019, 18:51
Теглар: madhiya
816
Bugun davlat madhiyasiga ehtirom ko`rsatilmoqda

 

IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari doirasida ta`lim muassasalarida “Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasida – yurtga sadoqat tuyg`usi” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarni ham uyushtirishmoqda. 

O`tkazilgan tadbirlarda madhiya – inson qalbida o`z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg`usi bor har qanday kishida milliy g`urur, o`ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg`otishi, bu milliy timsolda xalqning o`tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek ziynati, orzu-o`yi, maslak-maqsadi mujassamligi haqida so`z yuritildi.

Xalqimizning ezgu intilishlari O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlarida o`zining yorqin ifodasini topgani, chunonchi Vatanimiz madhiyasi ham uning o`zi kabi aziz va muqaddas ekanligi tushuntirib berilmoqda.

– IIV Malaka oshirish institutining professor-o`qituvchilari tomonidan biz o`quvchilar bilan o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbir biz uchun katta saboq bo`ldi, – dedi Nukus pedagogika institutining akademik liseyi o`quvchisi Ayzada Janabergenova. – Tadbirda madhiyamiz erkin va farovon jamiyatni qurish yo`lida fidokorona mehnat, bunyodkorlik va tadbirkorlikka ruh bag`ishlashga xizmat qiladigan istiqlol ramzi ekanligi tushuntirildi. Bu tadbirni tashkil etgan Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib qolamiz. 

– Poytaxtimizdan kelgan mutaxassislar tomonidan bilan o`tkazilgan ma`naviy-ma`rifiy tadbir bizlarda yaxshi taassurot qoldirdi, – deydi O`zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyi 3-bosqich o`quvchisi Xusniddin To`raev. – Tadbirda madhiyamiz mamlakat mustaqilligi, xalq ozodligi davlatning buyuk kelajagi haqida kuylaydigan mustaqillik ramzi ekanligi tushuntirildi. Shuningdek, “Buyuk va muqaddas Vatanimiz madhiyasida – yurtga sadoqat tuyg`usi” mavzusida o`tkazilgan viktorina biz o`quvchilarda katta taassurot qoldirdi, unda berilgan savollar qiziqarli bo`ldi. Tashkilotchilarga katta rahmat.

Shuningdek, Samarqand viloyati Toyloq tumanidagi 21-sonli umumta`lim maktabida va Buxoro viloyatidagi bir qator ta`lim muassasalarida ham ushbu mavzudagi ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar o`tkazildi. 

Tadbir doirasida o`tkazilgan viktorinalarda faol ishtirok etgan o`quvchilarga esdalik sovg`alari topshirildi. 

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

Шарҳлар

Bugun davlatimiz uchun muhim sana

10.12.2019, 09:00

10 dekabr – O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun"O`zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to`g`risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o`n birinchi...
Dilshod Kenjaev maktablada davlat madhiyasining zarurati haqida gapirdi

28.10.2019, 20:01

Xabaringiz bor, O`zbekistondagi maktablarda II chorakdan boshlab darslar davlat madhiyasini kuylash bilan boshlanishi haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng, bloger bu borada o`z munosabatini bildirdi....