my5

Qashqadaryodagi maktabda 3 smenada dars o`tiladi. O`quvchilar kechqurungacha qolib ketishyapti

Jamiyat 11.12.2019, 10:22
Теглар: Maktab, Yakkabog`, smena
1039
Qashqadaryodagi maktabda 3 smenada dars o`tiladi. O`quvchilar kechqurungacha qolib ketishyapti

Yakkabog` tumanidagi 68-maktabda 3 smenada dars o`tilmoqda. Bu haqda 134-Yakkabog` caylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Shaxnoza Xolmaxmatova «Nasafnews»ga xabar bergan.

Tatar MFY hududida joylashgan 68-sonli maktabda Tatar MFYga tutash bo`lgan Suvlisoy MFY va Haydarbuloq MFYda yashovchi aholining maktab yoshidagi farzandlari ham tahsil olishadi. Mazkur maktab 216 o`ringa mo`ljallangan bo`lsada bugungi kunda ta`lim dargohida 370 nafar bola tahsil olmoqda.

– Farzandim qariyb 8 km uzoqlikdan piyoda maktabga qatnaydi, – deydi Suvlisoylik Murodilla Nuriddinov. – Maktabda tahsil olayotgan o`quvchilar soni ko`pligi boisidan o`quv dargohida 3 smenada dars o`tiladi. Shu bois, 3 smenada o`quvchi bolalarga kechki soat 19:00da javob beriladi, 8 km masofa va bir yarim soat vaqt ketishini hisobga olsak, loy kechib farzandim soat 20:30da uyga kelmoqda.

Maktabning shart-sharoiti bilan tanishgan nomzodning aytishicha, maktabda ozodalik xukmron, bog`-rog`lar tartibga keltirilgan.

– Maktabimizdan har yili o`nga yaqin bolalar oliy ta`lim muassasalari talabalariga aylanishmoqda, -deydi 68-sonli maktab direktori Zamira Lutfullaeva. – Barcha imkoniyatlar bilan ta`minlangan maktabimizda qo`shimcha bino qurib berilsa, o`quvchilarning vaqtida uyga qaytishlari ta`minlangan bo`lar edi. Hattoki, sinfxonalar etishmayotganligidan erkin to`garaklarni yakshanba kunlari tashkil qilyapmiz.

Шарҳлар

Joriy yil III chorakdan boshlab maktablarda fanlar ixtiyoriy o`qitiladi

02.01.2020, 19:07

Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan 2020 yilning uchinchi choragidan boshlab, 10-11-sinflarda fanlar ixtiyoriy tanlov asosida o`qitiladi. Mazkur tajriba-sinov o`quv yili yakuniga qadar o`tkaziladi. Bu haqda...
Andijonda maktabning eski omboridan qo`l granatasi topildi

24.12.2019, 09:41

Andijon viloyati Asaka tumani IIB hamda IIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining viloyat hududiga xizmat ko`rsatish bo`yicha maxsus otryadi xodimlari tomonidan 11-sonli maktab tekshirilganida, ta`lim muassasasining...
XTB Angordagi maktab direktori matematika o`qituvchisidan ishdan bo`shatmaslik uchun 2 mln. so`m talab qilganini tasdiqladi

19.12.2019, 18:30

Avvalroq, Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi 26-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori O.X. o`qituvchi N.Y.ni ushbu maktabdan ishdan bo`shatmaslik evaziga ta`magirlik yo`li bilan 2 mln. so`mni olgan...
Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchini ishdan bo`shatmaslik uchun pul talab qildi

16.12.2019, 15:27

Surxondaryoda maktab direktori o`qituvchidan pora talab qildi, deya xabar berdi “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati.Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Angor tuman...