Му5
4

Uxlab yotgan bolasi chavaqlab tashlangan samarqandlik onaning nolasini Oliy sud eshitdi

Jamiyat 12.12.2019, 18:38
Теглар: ​Samarqand, Farog`at Yo`ldosheva, Oliy sud
5381
Uxlab yotgan bolasi chavaqlab tashlangan samarqandlik onaning nolasini Oliy sud eshitdi

Xabaringiz bor, sal avval “darakchi.uz” sayti va “Darakchi” gazetasi orqali samarqandlik Farog`at Yo`ldoshevaning murojaati bo`yicha maqola e`lon qilingan edi.

Uxlab yotgan bolasi chavaqlab tashlangan samarqandlik onaning nolasi (video)

 Ona 25 yoshli farzandi Aziz Amanovni uxlab yotgan joyida vahshiylarcha chavaqlab tashlagan to`rt yigitga nisbatan adolatli hukm asosida jazo berilishini so`ragan edi. Ayni paytda ushbu jinoyat yuzasidan faqat bir yigitning aybdor topilishini adolatsizlik deya baholagan ona, bo`lib o`tgan tergov jarayonlarining mutloqo noxolis olib borilganligini isbotlovchi talaygina dalillar borligini ma`lum qilgandi.

Xususan:

Aziz Amanov bir kishi tomonidan o`ldirilmagan. Buni quyidagi bir nechta dalillar ham isbotlashi mumkin:

Birinchidan, Aziz o`sha kuni 4 yigit bilan tortishgan, uyga qatib, Bunyodnikiga borganida ham ikkalasi mast yigitlarning Azizni qidirib ko`chada yurganini ko`rishgan; 

Ikkinchidan, Aziz boks bilan shug`ullangan, shuning uchun ham uning birgina zarbasidan hushidan ketgan Sh.Mamaevning bir o`zi jabrdiydani shu darajada vahshiylarcha o`ldirishga kuchi etmaydi; 

Uchinchidan, Azizning og`irligi 75 kg bo`lib, uni Sh,Mamaevning bitta o`zi ko`chaga olib chiqib keta olmaydi. Tergovchi Payariq tumani tibbiy ekspertizasi xulosasiga tayanib, Azizni ko`chaga o`zi yurib chiqqanligini bildirgan. Ammo, Samarqan viloyati ekspertizasi buni umuman tasdiqlamadi. Unga ko`ra, marhumning bo`yniga etkazilgan jarohat sabab, aurtasi yorilgan va bunday holatda odam shu zahotiyoq jon taslim qiladi. Buni esa, xovlida to`kilgan va sachragan juda ko`p miqlordagi qon izlari ham tasdiqlaydi.

To`rtinchidan, marhumni jasadi yo`lga olib chiqib qo`yilganda kelib qolgan mashina yorug`ida ularning ikki nafari qochib ketayotganligi yaqqol ko`ringan. Shuningdek, o`sha tomondagi dalada ekin sug`arayotgan Sheraliev Qaxramon ham oldidan yigitlarning yugurib o`tayotganini ko`radi.

Beshinchidan, jinoyatchilar dastavval Azizni o`ldirish uchun uning tog`asining hovlisiga borishadi va u erda turgan mashinasini ta`mir qilib bo`lmas darajada shikastlashadi. Mazkur holat ham bir kishi tomonidan qilinmaganligi yaqqol aks etgan bo`lsada, biroq tergov jarayonlarida marhumning mashinasi, undagi qo`l va oyoqlar izlari bo`yicha ekspertiza xulosasi olinmaydi. 

Oltinchidan, Aziz yotgan yostiq tagidan chiqqan telefon, uning ustidagi uiyimlari tergov uchun olinib, marhumning onasiga qaytarib berilmadi. Holbuki, marhumning kiyimlarida bir nechta odamning qo`l izlari borligi isboti bor edi. 

Ettinchidan, tergovga taqdim etilgan jinoyat uchun ishlatilgan pichoq daladan topib olingani aytilgan. Ammo, ekpertiza unda Azizning qoni yo`qligini isbotlagan. 

Shuningdek, tegovdagi ma`lumotlarda Aziz Amanov tungi 12-30da emas, balki ko`chaga chiqqanidan so`ng 02-00larda o`lganini bildirilgan. Ammo, 02-30da voqea ustida tasodifan kelib qolgan vrach-hirurg tanani ushlab, allaqachon o`lganini aytgan. Shuningdek, chaqirilgan “tez yordam” 7 daqiqa ichida voqea joyiga etib keladi va marhumning tanasi sovib qolgani va hattoki, jasad qotib qolganinidan kelib chiqib, 2 soatlar oldin o`lgani haqida xulosa beradi. 

Bundan tashqari, jinoyat joyidagi qonlarning tibbiy ekspertiza qilinishi natijasida 4-guruh qoni ham mavjudligi isbotlangan. Holbuki, Azizning qon guruhi 2, o`ldirgan Sh.Mamaevniki esa uchinchi bo`lgan. Tegovda bu ikki kon qo`shilib, to`rtinchi gruppani keltirib chikargani asossizlarcha keltirilgan. 

Ona qo`lida isbot-dalili va ko`zida yoshi bilan qilgan nolasini O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi eshitdi. Shunga ko`ra, mazkur jinoyat ishi bo`yicha shikoyat arizasi Oliy sudda raislik qiluvchi sudya I.Muslimov boshchilid ko`rib chiqildi. 

Mazkur sud ishida jurnalist Farida Egamberdieva ham ishtirok etdi.

Unda marhum Aziz Amanovning onasi Farog`at Yo`ldosheva mazkur jinoyat ishida olib borilgan tergov jarayonlari va sud hukmidan norozi ekanligini aytib, ishni qaytadan ko`rib chiqish uchun dastlabki instansiyaga qaytarishni, tergov ham qaytadan yuqoridagi fakt va dalillarni o`rgangan holda olib borilishini so`radi.

Mazkur talab sudlov hay`ati tomonidan qisman qanoatlantirilib, jinoyat ishi yangidan apellyasiya instasiyasiga ko`rish uchun yuborilishi haqida qaror qilindi.

Biz Farog`at Yo`ldosheva bilan gaplashdik, ayni paytda mazkur ish yuzasidan Toshkentda qayta tergov harakatlari olib borilayotganini bildirdilar.

So`nggi va adolatli natijalar haqida yana xabar beramiz.

Шарҳлар

Bosh prokuror bir kun samarqandliklar dardu tashvishlari bilan yashadi (foto)

22.12.2019, 10:32

Bugungi kunda prokuratura organlari tomonidan o`tkazilayotgan qabullarda fuqarolarning bir necha yillardan buyon o`zining echimini topmayotgan muammo va takliflarini joyida hal etishga alohida e`tibor qaratilmoqda.Xususan, kecha,...
Samarqandda erining janjallaridan charchagan xotin uni 2 ta pichoq bilan o`ldirdi (video)

17.12.2019, 09:55

Samarqandda aroqxo`r er o`zining boshiga o`zi etdi. Bu haqda “Markaziy studiya”da voqea tafsilotlari berildi. Unga ko`ra, janjarllardan to`ygan xotin erini pichoqlab o`ldirgan. Bu galgi kamsitish va...
Samarqand blogerning tanqididan so`ng "er yuzining sayqali"ga aylandi

12.12.2019, 19:49

Bugun bloger Shokirjonov ijtimoiy tarmoqdagi kanali orqali “xatoni toping” rukni ostida surat e`lon qildi. Unda markaziy ko`chadagi ustunga ilinggan bannerda katta harflar bilan “Samarqand er...
Avtoulovning "bo`sh” yukxonasiga nima yashirilgan edi?

02.12.2019, 19:40

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro N.K. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli avtomashina to`xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot...