“Kinochilar uyi” qaerda tiklanishi ma`lum qilindi

Madaniyat 26.12.2019, 18:39
1058
“Kinochilar uyi” qaerda tiklanishi ma`lum qilindi

Ommaviy axborot vositalarida Toshkentda ikki yil yil ilgari bunyodkorlik ishlari munosabati bilan buzilgan “Kinochilar uyi”ning qayta tiklanishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.  “O`zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati xizmati bu masalaga aniqlik kiritdi.  

“Kinochilar uyi” “O`zbekfilm” kinostudiyasi yonidagi “Zamin” restorani negizida tiklanadi. Rekonstruksiyalash ishlaridan so`ng, ushbu maskanda kinoteatr, tomoshalar va tantanalar zallari barpo etiladi. Shuningdek, bu erda turli seminar mashg`ulotlari o`tkazish imkoniyati ham yuzaga keladi.  

Aynan ushbu inshoot  tanlanganiga sabab uning “O`zbekkino” ma`muriy binosi va “O`zbekfilm” kinostudiyasi suratga olish maydonchasi yaqininida joylashganidir. Istiqboldagi rejalarga binoan, “Kinochilar uyi” yagona turistik kino shaharchasi majmuasi tarkibiga kiradi.  

11 gektar maydonni egallaydigan kino shaharchasida Kinematografiya instituti, “Tarixiy O`zbekiston” kinodekorasiyasi, Xiva, Samarqand, Buxoro singari qadimiy shaharlar pavilonlari, “O`zbekfilm”ning ishlab chiqarish studiyalari o`rin oladi. Rekonstruksiyalash ishlari uchun hukumatimiz tomonidan 40 mlrd so`m miqdorida mablag` ajratiladi.  

To`rt gektar maydonda rossiyalik taniqli kinoprodyuser Sergey Selyanov tomonidant suratga olinadigan “Kichkina Muk” ertak-filmi uchun maxsus dekorasiyalar quriladi.  

Shuningdek, kino shaharchasi hududida kino ustalari uchun yangi turar-joy majmuasi qurish ham ko`zda tutilgan.

Шарҳлар