sevimli
Sevimli

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbariga farmonning uchinchi bandi bilan tanishib chiqishni taklif etaman”

Jamiyat 27.12.2019, 13:20
Теглар: Xalq ta`limi vazirligi, Milliy tiklanish, Alisher Qodirov
“Milliy tiklanish” partiyasi rahbariga farmonning uchinchi bandi bilan tanishib chiqishni taklif etaman”

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov maktablarda sport zallari va oshxonalar yo`qligida sobiq Xalq ta`limi vaziri va amaldagi vazirni ayblashga uringani bo`yicha Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Axborot xizmatining munosabati chop etildi. 

XDPning mazkur munosabatiga Xalq ta`limi vazirligi Matbuot xizmati ham qo`shimcha qildi:

“2018 yilning 5 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta`limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida” farmoni qabul qilingan.

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov mazkur farmonning uchinchi bandi bilan tanishib chiqishini taklif etaman.

Unda maktab infratuzilmasini rivojlantirish masalasi hamda xalq ta`limi muassasalaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish bo`yicha boshqa choralar ko`rilishini tashkil etish uchun mahalliy hokimlarning shaxsan javobgarligi belgilangan.

Farmonning uchinchi bandida qo`yidagilar yozilgan:

Belgilab qo`yilsinki, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xalq ta`limi muassasalarini qo`llab-quvvatlash va ularning infratuzilmasini rivojlantirish masalasida har tomonlama ko`maklashish, xususan:

tegishli hududda umumta`lim muassasalariga yordam ko`rsatishni tashkil etish va muvofiqlashtirish, shu jumladan o`qituvchilar va ushbu soha xodimlarining maqomini yaxshilashga va oshirishga yordam berish;

xalq ta`limi muassasalariga ko`maklashish masalalari bo`yicha vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo`linmalari rahbarlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitish;

nodavlat umumiy o`rta ta`lim tashkilotlariga berish uchun bo`sh er uchastkalari (har bir hududda yiliga 50 lotdan kam bo`lmagan) ro`yxatini tasdiqlash va ulardan doimiy foydalanish huquqini «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida realizasiya qilish;

xalq ta`limi muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta`mirlash, ularga tutash hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani (trotuarlar, yo`llar va boshqalar) zarur holatda saqlash bo`yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;

xalq ta`limi muassasalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, zarur sanitariya-gigiena sharoitlari va boshqa kommunal xizmatlar bilan uzluksiz ta`minlash;

tumanlar (shaharlar) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektor rahbarlari bilan birgalikda xalq ta`limi muassasalarini o`quv yiliga va kuz-qish mavsumiga o`z vaqtida va samarali tayyorlash tadbirlarini amalga oshirish;

umumta`lim muassasalarining xavfsizligini ta`minlash, shu jumladan hududlar atrofini o`rash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`yicha inspektorlarni biriktirish, videokuzatuv kameralari, yong`inga qarshi signalizasiya tizimlarini, kirish yo`llarida qoidabuzarliklarni qayd etuvchi qurilmalarni o`rnatish chora-tadbirlarini ko`rish;

xalq ta`limi muassasalari hududining va ko`chmas mulkining butunligini hamda daxlsizligini belgilangan tartibda ta`minlash;

umumta`lim muassasalarini rivojlantirish uchun investisiyalarni va homiylik yordamini jalb qilishga ko`maklashish;

xalq ta`limi muassasalaridagi mavjud muammolarni tez va samarali hal qilish bo`yicha boshqa choralar ko`rilishini tashkil etish uchun shaxsan javob beradi, deyilgan rasmiy munosabtda. 

 

Шарҳлар

Maktab o`quvchilarining repetitorsiz talaba bo`la olishlari sizning qo`lingizda - XTV vaziri

30.11.2021, 22:26

Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet rektori Abdug`affor Qirg`izboev, ta`lim dargohi o`qituvchilari va bo`lg`usi pedagog...
Alisher Qodirov Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

26.08.2021, 14:14

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirovning nomzodi S`ezd delegatlarining ko`pchilik ovozi bilan tasdiqlandi. Bu haqda Milliy tiklanish demokratik partiyasi xabar berdi.Oliy Majlis...
Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov Jinoyat kodeksiga “Kelajakka xiyonat” bobini kiritishni taklif qildi

13.08.2021, 12:25

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi bog`chada 25 nafar bola ovqatdan zaxarlangani haqida xabar bergan edik. Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o`rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi Alisher Qodirov...
Toshkentdagi maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi "MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021" deb topildi

12.05.2021, 18:52

Toshkent shahar Shayxontohur tumani 19-sonli umumta`lim maktabining o`zbek tili fani o`qituvchisi Fayzullo Yaxyoev Qozog`icton Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari o`rtasida o`tkazilgan "Yilning eng yaxshi yosh...