my5

Yulduz Usmonovaning “egizagi”ga jinoyat ishi ochildi

Dunyo 14.01.2020, 14:38
13351
Yulduz Usmonovaning “egizagi”ga jinoyat ishi ochildi

Tojikistonning  Istaravshan shahrida yangi yil bayrami oldi sohta Yulduz Usmonova konsert bergani haqida xabar bergan edik. So`g`d viloyati Istaravshan shahrida  konsert tashkilotchisiga nisbatan jinoyat ish qo`zg`atildi. 

So`g`d viloyati IIV matbuot xizmati rahbari Akbar Sharifning ma`lumotiga ko`ra, Jamshid ismli shaxs - tashkilotchi rolida bo`lgan Saidjon G`anievga nisbatan Jinoyat kodeksining 247 - moddasining 2-qismi (firibgarlik) bo`yicha jinoyat ish qo`zg`atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda. Eslatib o`tamiz, yangi yil bayrami oldidan Istaravshan shahrida shov-shuvli konsert bo`lib o`tgandi. Bir oz avval o`zini O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova deb tanishtirgan firibgar ayol Tojikistonning Istaravshan shahri aholisini 110 ming somoniy (taxminan 11,5 ming dollar)ga chuv tushirgani haqida xabar berilgandi.




 

Шарҳлар