13

Nukusdagi festivalda harbiylarning chiqishlari, yoshlar bilan quvnoq bahslar, qurol va harbiy texnikalar ko`rgazmasi va boshqalar namoyish etildi (Foto)

Jamiyat 14.01.2020, 18:07
Теглар: Foto
793
Nukusdagi festivalda harbiylarning chiqishlari, yoshlar bilan quvnoq bahslar, qurol va harbiy texnikalar ko`rgazmasi va boshqalar namoyish etildi (Foto)

Vatanparvarlik oyligi doirasida barcha hududlarda bo`lgani kabi Qoraqalpog`iston Respublikasida ham vatanparvarlik festivallari orqali Vatan himoyachilari kuni ayyomi umumxalq bayrami sifatida xalqimiz bilan birga o`tkazilyapti.

Nukus shahri markazida O`zbekiston va Qoraqalpog`iston respublikalari davlat bayroqlari o`rnatilgan maydon oldida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Festivalda nafaqat o`quvchi yoshlar va talabalar, balki turli yosh vakillari, keng jamoatchilik ishtirok etdi. 

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonining o`rinbosari polkovnik Shavkat Eshchanov festivalni ochar ekan, yurtimizda o`g`il-qizlarimizning barkamol bo`lib voyaga etishi uchun katta e`tibor qaratilayotgani, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan izchil islohotlar sabab, milliy armiyamiz yoshlarimiz uchun chinakam mardlik, matonat va jasorat maktabiga aylanganini ta`kidladi. 

Harbiy texnika va qurol-aslaha namunalarining namoyishi, harbiy xizmatchilarning ko`rgazmali chiqishlari, harbiy orkestr va taniqli estrada xonandalarining kuy va qo`shiqlari yig`ilganlarga bayram shukuhini ulashdi. Festival qoraqalpoq ahli va mehmonlari uchun milliy armiyamiz tomonidan taqdim etilgan haqiqiy tuhfa bo`ldi. Odamlar, ayniqsa, bolalar yuz-ko`zidagi quvonch, bayramona kayfiyat, xotirjamlik hissi, ishonchga yo`g`rilgan dadil nigohlar odamda yorqin kelajakka bo`lgan umidini yuksaltiradi. Bularning bari aziz va muqaddas ona Vatanga bo`lgan muhabbat chorrahasida tutashgan. Festival davomida Vatanning mard posbonlariga bo`lgan ishonch, Qurolli Kuchlarimiz qudratini his etish va faxrlanish, qalblarda yanada yuksalayotgan yurt koriga yarash tuyg`usi bo`y ko`rsatdi. Dala oshxonasi majmuasida tayyorlangan harbiycha tushlik ishtirokchilarning tahsiniga sazovor bo`ldi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

Шарҳлар

Samarqanddagi “BestTravel” sayyohlik kompaniyasi Dubaydagi vatandoshlarimizga beg`araz yordam ko`rsatmoqda (Foto)

03.04.2020, 16:44

Samarqanddagi "BestTravel" sayyohlik kompaniyasi jamoasi hamda volontyorlar bilan hamkorlikda hozirgi paytda yuzaga kelgan vaziyat tufayli Dubaydan o`z vataniga qaytib kela olmagan O`zbekiston fuqarolariga 10 kun...
14 kunlik tibbiy kuzatuvda bo`lgan 250 nafar yurtdoshlarimizda Koronavirus aniqlanmadi, ularga uylariga qaytishga ruxsat berildi

03.04.2020, 15:43

COVID-19 Koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida bir guruh vatandoshlarimiz xorijdan qaytarilmoqda. Xususan, “UFA-Andijon” 372-sonli poezdida Rossiyaning Moskva, Orenburg, Sankt-Peterburg va...
“Maxsustrans”ning 574 ta chiqindi yig`ish maydonlari va 435 ta maxsus texnikalari kunlik ravishda dezinfeksiya qilinmoqda (Fotoreportaj)

23.03.2020, 14:31

Ma`lumki, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida karantin e`lon qilinganligi va bunga ko`ra barcha davlat va jamoat joylarida sanitar-gigienik qoidalarga amal qilish choralari amalga...
Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari haydovchilarga niqob tarqatmoqda

23.03.2020, 14:00

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan xavfsizlik uchun niqob taqmay harakatlangan haydovchilarni ogohlantirib, ularga niqob tarqatmoqda.