Му5
5

Qoraqalpog`iston Respublikasida Vatan himoyachilari kuni bayramining yorqin lahzalari (Fotoreportaj)

Jamiyat 14.01.2020, 20:17
Теглар: Foto
1151
Qoraqalpog`iston Respublikasida Vatan himoyachilari kuni bayramining yorqin lahzalari (Fotoreportaj)

Bugun, 14 yanvar kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Vatan himoyachilari kuni hamda O`zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bayram tadbiri bo`lib o`tdi. 

Tadbirda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Raisi, hududiy harbiy ma`muriy sektor rahbari M.Erniyazov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini o`qib eshittirdi.

Bayram arafasida mamlakatimizning mudofaa qudrati va harbiy-texnik salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta`minlash, professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirishdagi katta xizmatlari, jamoat tartibini saqlash, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi samarali mehnati, xizmat burchini bajarishda mardlik, jasorat va fidoyilik ko`rsatgani, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malaka va mahoratga ega kadrlarni tayyorlash ishlariga qo`shgan munosib hissasi uchun harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi davlatimiz rahbarining farmoni, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi Rayosati qarori bilan unvonlar, orden va medallar, ko`krak nishonlari bilan taqdirlandi. Tadbirda ushbu mukofotlar o`z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Mukofotlanganlar va boshqalar yuksak e`tibor, harbiylar va ularning oila a`zolarini qo`llab-quvvatlayotgani uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoevga minnatdorlik bildirdi.

Tantanali marosim san`at ustalari hamda harbiy xonandalarning bayram konserti bilan yakunlandi.

Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Шарҳлар

Xonanda Lola farzand kutmoqda (FOTO)

15.02.2020, 12:04

Xonanda Lola Yo`ldosheva farzand kutmoqda.U instagramdagi sahifasiga homiladorligi aks etgan surat joyladi. Demakki, u yaqinda ona bo`ladi.Onalik — buyuk "mansab". Farzand — eng shirin ne`mat....
FOTO: Islom Karimov Tatyana Karimovga nikoh uzugini taqmoqda

15.02.2020, 11:51

Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`anievich Karimovning qizi Lola Karimova instagramdagi sahifasiga xotiralar bilan bog`liq suratni joyladi.Unda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning Tatyana Karimovaga nikoh uzugini taqayotganini ko`rish...
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan #Boburday aksiyasi bo`lib o`tdi (Foto)

14.02.2020, 16:18

Poytaxtimizdagi "Yoshlar ijod saroyi"da buyuk sarkarda va benazir shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan  #Boburday aksiyasi bo`lib o`tdi.   
Xorazmda “Shamol generatori” ishlab chiqariladi

22.01.2020, 18:06

Muqobil energiya manbalaridan foydalanish tarixan juda uzoq davrlarga borib taqaladi. Qadimdan quyosh va shamol energetikasidan ma`lum darajada insoniyat o`z yashash turmush tarzida foydalanib kelgan. Masalan...