my5

Futbol ishqibozlari Osiyo chempionatida O`zbekistonning turizm salohiyatini targ`ib qilmoqda

Sport 15.01.2020, 21:19
845
Futbol ishqibozlari Osiyo chempionatida O`zbekistonning turizm salohiyatini targ`ib qilmoqda

O`zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o`tkazilayotgan futbol bo`yicha 23 yoshlilar o`rtasidagi Osiyo chempionatida qatmoshmoqda. Uchrashuvlar davomida jamoani qo`llab-quvvatlash uchun yurtimizdan tashrif buyurgan muxlislar, “Fun club” a`zolari hamda Tailanddagi vatandoshlarimiz tomonidan O`zbekistonning turizm salohiyati targ`ib qilinmoqda.

Muxlislarimiz mamlakatimiz turizm brendi ifodalangan milliy liboslarda jamoamizni dadil qo`llab-quvvatlashmoqda hamda Osiyo chempionatiga tashrif buyurgan boshqa mamlakatlar muxlislariga O`zbekistonning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ`ibot tarqatma materiallari ulashilmoqda. Ular orasida tarixiy shaxslar qiyofasidagi vatandoshlarimiz ham bor. 

Ta`kidlash joizki, 23 yoshlilar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga 9 yanvar kuni start berilgan bo`lib, musobaqa 26 yanvarga qadar davom etadi. Qur`a tashlash natijalariga ko`ra, O`zbekiston “S” guruhidan o`rin olib, shu kunga qadar ikkita o`yin o`tkazdi. 

Eron bilan qayd etilgan durrang (1:1) va Xitoy ustidan qozonilgan g`alabadan (0:2) so`ng jamoamiz guruhda 4 ochko bilan ikkinchi o`rinni egallab turipti. Guruh peshqadami Janubiy Koreya (6). Uchinchi va to`rtinchi o`rinlarda esa – Eron va Xitoy mos ravishda 1 va 0 ochkolar bilan.

O`zbekistonda turizm sohasini jadal rivojlantirish, mamlakatni xorijda tanitish va turizm salohiyatini ommalashtirishda o`z hissasini qo`shayotgan faol vatandoshlarimizga Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi o`z minnatdorchiligini bildiradi.  

Шарҳлар