AsosiyDunyo

Windows 7 dasturini ishlatayotgan bo`lsangiz buni bilishingiz zarur!

'Windows 7 dasturini ishlatayotgan bo`lsangiz buni bilishingiz zarur!'ning rasmi

Agar siz hali ham Microsoft kompaniyasining Windows 7 dasturiy ta`minotidan foydalanayotgan bo`lsangiz, tez orada kompyuteringiz xavf ostida qolishi mumkin. Bu haqda Tarjumon.uz nashri xabar berdi.

Chunki 14 yanvardan boshlab Microsoft ushbu tizim uchun bepul xavfsizlik ilovalarini taqdim qilishni to`xtatdi.

Bu esa Windows 7 ishlatadigan kompyuterlar zararli dasturlarga va xakerlarga qarshilik qilishga ojiz bo`lib qolishini anglatadi.

O`z kompyuterlarini himoya qilishni istagan foydalanuvchilar dasturlarini Windows 10 ga yangilashlari kerak. Agar ularning eski kompyuterlari Windows 10 bilan mos kelmasa, foydalanuvchilar yangi kompyuterlarni sotib olishlariga to`g`ri keladi.

Odatda, texnologiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bir necha yillardan keyin eski tizimlarni tugatadilar va dasturiy ta`minotning hozirgi versiyalarini yangilashga e`tibor qaratadilar.

Windows 7 2009 yilda ommaga tanishtirilgan. 2012 yilda chiqqan Windows 8 esa 2023 yilgacha bepul xavfsizlik tizimi bilan ta`minlanadi va shundan so`ng u ham to`xtatiladi.

    Boshqa yangiliklar