Qor bo`roni tufayli Aqto`be va Nur-Sulton shaharlarida yo`llar yopildi, deb xabar bermoqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi xabariga tayangan holda Human.uz nashri .
Poytaxt FVD ma`lumotlariga ko`ra, bugun, 17 yanvar kuni tongda shamol tezligi sekundiga 15 metrgacha etgan.
Shu munosabat bilan poytaxtdan chiquvchi barcha yo`llar yopilgan. Aqto`beda Shimoliy aylanma yo`l, Samara-Chimkent trassasining Bekqul bobo ovulidan Qarabutoq ovuligacha bo`lgan qismi, shuningdek Aqto`be-Orsk yo`nalishi barcha turdagi transport vositalari uchun yopilgan.
Sinoptiklar ma`lumotiga ko`ra, Aqto`beda qor bo`roni kutilmoqda, yo`llar muzlagan.