Zoyir Mirzaev “Nasaf“ futbol klubiga tajribali o`yinchilarni jalb etish bo`yicha mablag` masalasida qo`llab-quvvatlamoqchi. Buni u “Nasaf“ futbol klubining kelajagiga befarq bo`lmagan bir guruh faol muxlislar Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev qabulida bo`lishganda aytdi.
Bu haqda "Nasaf" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Viloyat hokimi klub muxlislari bilan uchrashganidan so`ng “Nasaf“ futbol klubi prezidenti — “Sho`rtan gaz kimyo“ majmuasi direktori Shuhrat Aslonov hamda jamoa bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev bilan ko`rishgan. Uchrashuvda klub rahbariyati jamoaning hozirgi holati, klubning respublikada tutgan o`rni, undagi kamchiliklar va qilinishi kerak bo`lgan ishlar haqida viloyat hokimiga ma`lumot bergan.
"Viloyat hokimi muxlislarning talabi to`g`riligini, bu masalaga alohida e`tibor qaratish lozimligini ta`kidladi, deyiladi xabarda. Bundan tashqari Z. Mirzaev klubni yanada rivojlantirish to`g`risida o`z takliflari bilan ham o`rtoqlashgan.