Му5
5

Rossiyaning yangi bosh vaziri Putin tomonidan ikki yil oldin belgilab berilgan ishlarni tezlashtirishga va`da berdi

Dunyo 17.01.2020, 19:35
456
Rossiyaning yangi bosh vaziri Putin tomonidan ikki yil oldin belgilab berilgan ishlarni tezlashtirishga va`da berdi

Payshanba kuni Rossiyaning yangi bosh vaziri Mixail Mishustin prezident Vladimir Putin tomonidan ikki yil oldin belgilab berilgan bir qancha loyihalarni tezlashtirishga va`da berdi, deya xabar qildi Tarjumon. 

Ushbu loyihalar aholi sog`ligini saqlashdan tortib mamlakat infratuzilmasini rivojlantirishgacha bo`lgan ishlarni o`z ichiga oladi.

Hukumatning rejalariga ko`ra ushbu ishlarga taxminan 25, 7 trillion rubl (417 milliard dollar) sarflash ko`zda tutilgan. Quyida ushbu mablag`lar sarflanadigan ba`zi sohalar bilan tanishamiz.

SOG`LIQNI SAQLASh- xarajatlar: 1, 73 trln rubl. Bular

– Barcha fuqarolar uchun tibbiy yordamga tayyor qilish?

– 2024 yilga kelib ruslarning o`rtacha umr ko`rishni 71, 6 dan 78 ga ko`tarishni o`z ichiga oladi.

TA`LIM – xarajatlar: 785 milliard rubl

– Rossiya ta`lim tizimini global miqyosda raqobatbardosh qilish va sifat jihatidan dunyoning eng yaxshi o`nligiga kiritish;

– Chet eldan kelgan abituriyentlar sonini ikki baravar oshirish.

DEMOGRAFIYa – Xarajatlar: 3, 11 trillion rubl

2024 yilga kelib,  tug`ruqni har bir ayolga 1, 62 boladan 1, 7 gacha oshirish?

– Oilalarning farovonligini oshirish uchun moliyaviy yordam ko`rsatish, shu jumladan 6% imtiyozli ipoteka stavkalari va tug`ruq ta`tilida ayollar uchun bepul kurslar tashkil etish.

MADANIYaT – Xarajatlar: 114 milliard rubl

– Madaniy muassasalarga,  shu jumladan teatr va kutubxonalarga tashriflarni 15 foizga oshirish?

– Onlayn madaniy manbalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan odamlar sonini oshirish?

XAVFSIZLIK VA SIFATLI YO`LLAR – Xarajatlar:  4, 78 trln rubl

-Yo`l infratuzilmasi va harakatini boshqarishning oqilona tizimlariga sarmoyalar kiritish orqali 2024 yilga qadar avariyalarda bo`ladigan o`lim holatini uch baravar kamaytirish

UY-JOY VA ShAHAR ATROF-MUHITI – xarajatlari 1, 07 trln rubl

– o`rtacha daromadli oilalarni arzon uy-joy bilan ta`minlash,  shu jumladan 8% dan kam bo`lgan ipoteka kreditlari

– 2024 yilga qadar har yili 53 million kvadrat metr turar-joy binolarini qurish

EKOLOGIYa – Xarajatlar: 4, 04 trln rubl

– Uch million gektar maydonga ega bo`lgan beshta yangi milliy bog`larni yaratish

8.ILM-FAN- xarajatlar: 636 milliard rubl

– Ilmiy izlanishlar va rivojlanish bo`yicha dunyoning eng yaxshi beshligiga kirish?

– Rossiyaga chet ellik olimlarni yanada ko`proq jalb qilish uchun barcha laboratoriyalarning 30 foizini yosh tadqiqotchilar boshqarshi.

 

Шарҳлар