Amerikalik olimlar odam jasadlarini egan uysiz mushuklarni kuzatib, natijalarni e`lon qilishdi, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashriga tayangan holda Aniq.uz nashri.
Tadqiqot davomida ikkita mushuk va o`nlab insonlarning jasadlari qatnashdi. Hodisa joyida o`rnatilgan kameralar yozuvlari o`rganildi. Unga ko`ra, mushuklardan biri, 2017 yil oxirida murdalardan bittasini eyishni boshlagan va 35 kun davomida deyarli har kecha shu ko`rinishda ovqatlangan. Boshqa mushuk esa dastlab hech nima emagan, ammo keyin ketma-ket bir necha kun mobaynida odam go`shti bilan oziqlangan.
“Ular bir necha kun davomida oziq-ovqat manbasini qidirishdi va uni odam qoldiqlaridan topishdi”, deydi tadqiqot joyidagi laboratoriya mudiri Aleksandr Smit.
2017 yilda avstraliyalik Frenk Skot o`limidan keyin tanasini shunga o`xshash tadqiqotga berishlarini vasiyat qilgani haqida xabar berilgan edi. U buni ilm-fan ehtiyojlari va rivoji uchun qilayotgani, chunki shifokorlar uning hayotini ko`p marta saqlab qolishganini aytgan edi.