Му5
8

MChJdan Soliq foydasiga 3 mlrd. so`mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi

Jamiyat 18.01.2020, 22:08
339
MChJdan Soliq foydasiga 3 mlrd. so`mdan ortiq qarzdorlik undirib berildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Olmaliq shahar bo`limi ish yurituvida iqtisodiy sudning Olmaliq Avtobus Taksi Saroyi MChJdan, Olmaliq shaxar DSI foydasiga jami 3.162.532.128 so`m qarzdorlik undirish bo`yicha bir nechta ijro varaqalari mavjud.

Mazkur ijro hujjatlarining ijrosini ta`minlash maqsadida, qarzdor korxonaga tegishli bo`lgan Olmaliq shahar Chambil ko`chasi 2-uyda joylashgan umumiy maydoni 101258,11 kv m xovli maydoni, 92925,35 m2 qurilish uchaskasi, 8332,75 m2 bo`lgan bino inshoat ro`yxatga olinib xatlangan va sotuvga qo`yish uchun  baholangan.

Yuqoridagi bino inshoatlar elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan va 2 mlrd. 885 mln. 239 ming so`mga sotilgan. Sotuvdan tushgan pul qarzorliklarni bartaraf qilishga yo`naltirilgan, deya xabar qildi MIB.

Шарҳлар