Shahrisabzlik fuqaro D.A ko`chada ketayotgan vaqtda noma`lum shaxs uning sumkasini tortib olib, qochib ketgan.
Jabrlanuvchi atrofdagilardan yordam so`raganida uch nafar yigit talonchining orqasidan quvgach, u qo`lidagi sumkani tashlab, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holatni sodir etgan noma`lum shaxsni aniqlash maqsadida jabrlanuvchining murojaatiga ko`ra surishtiruv ishlari olib borilgan. Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xavfsiz turizmni ta`minlash boshqarmasi xodimi B.Nurmatovning O`zAga xabar berishicha, bu jarayonda Shundan markazlashgan kuzatuv kameralaridagi videoqaydlar ko`zdan kechirilgan. Natijada ushbu jinoyatni Shahrisabz shahar Bo`ston mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan U.A. sodir etgani aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.