my5

Shavkat Mirziyoev Rasul Kusherbaevga: "Negadir hech kimga yoqmaysan, lekin menga sen juda yoqasan"

Jamiyat 20.01.2020, 12:29
2805
Shavkat Mirziyoev Rasul Kusherbaevga: "Negadir hech kimga yoqmaysan, lekin menga sen juda yoqasan"

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qonunchilik palatasining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.

Dastavval, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlari saylab olindi.

Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Parlamentga murojaati eshitilyapti.

Shavkat Mirziyoev o`z murojaatida deputatlarning tashabbuskorligi haqida gapirib, 3 nafar deputatni alohida tilga oldi. Ularni turg`izib, namuna qilib ko`rsatdi. Xususan, deputat Rasul Kusherbaevga qarata: “Negadir hech kimga yoqmaysan, lekin sen menga juda yoqasan” deya munosabat bildirdi.

Shuningdek, Prezident tashabbuskor deputatlar faoliyati haqida fikr bildirib, ularning noto`g`ri qaror va ko`rsatmalarga bo`lgan ochiqdan-ochiq qarshi fikrlarining o`rinli ekanligini bildirdi:

“Hozir bu erda o`tirgan — yangi saylangan deputatlar qo`rqib ketyapti, shuncha qilinishi kerak bo`lgan ish va to`siqlar turgan ekan deb. Rangi oqarib ham ketdi. Lekin bizga aynan ana shunday deputatlar kerak” — deya, yana bir bor faol deputatlarni misol qilib ko`rsatdi.

Шарҳлар