Му5
8

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni ortmoqda

Dunyo 21.01.2020, 11:58
552
Xitoyda koronavirus qurbonlari soni ortmoqda

Xitoyning Xubey provinsiyasining Uxan shahrida 198 kishi yangi turdagi koronavirus yuqtirilganlik holati qayd etildi, to`rt kishi vafot etdi. Bemorlar kasalxonada davolanmoqda, ulardan to`qqiz nafarining ahvoli o`ta og`ir, deya xabar beradi BBC News.

Dekabr oyining oxirida, Xitoy hukumati Xubey provinsiyasining Uxan shahrida pnevmoniya kasalligining noma`lum turi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo`zg`atuvchisi koronavirusning yangi turi - 2019-nCoV ekanligini aniqladilar.

20 yanvar holatiga ko`ra, jami 218 ta yuqtirish holati qayd etilgan, ulardan Uxanda 198 ta, Pekinda 5 ta, Shanxayda 1 ta, Guangdongda 14 ta holat qayd etilgan. Virus Xitoydan tashqarida ham tarqalgan, yuqumli kasalliklar Janubiy Koreya, Yaponiya va Tailandda qayd etilgan.

 

Шарҳлар