Му5
8

Davlat idoralari endi sizni “uzoqdan taniydi”

Hi-tech 21.01.2020, 13:59
1654
Davlat idoralari endi sizni “uzoqdan taniydi”

Poytaxtimizdagi Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasi hamda ID-Face prototipi taqdimoti o`tkazildi. 

Ta`kidlanganidan bugungi kunda axborot kommunikasiyalari va texnologiyalari jadal rivojlanib bormoqda. Bu sohadagi yangiliklarni hayotimizga joriy qilish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda turli idoralar bilan ishlashda, soliq va boshqa to`lovlarni rasmiylashtirishda, tegishli hujjatlarni o`z vaqtida olishda interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) muhim o`rin tutadi. Endilikda portal xodimlari xizmat ko`rsatish samaralorligini oshirish, mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida uning mobil ilovasini yaratishdi. Mutaxassiclar mazkur ilovaning o`ziga xosligi va afzalliklarini tushuntirib berishdi. 

ID-Face prototipi – inson yuzi orqali masofaviy identikasiyalash bugungi kunda dunyoning bir qator davlatlarida, xususan, Rossiya, Qozog`iston singari mamlakatlarda ham turli sohalarda keng qo`llanilmoqda. 

O`zbekistonlik mutaxassislar ham endilikda bu tizimdan samarali foydalanishni yo`lga qo`yishmoqchi. Bu asosan insonlarning vaqtini, yo`lkira xarajatlarini tejash, jarayonlarni tezlashtirishda muhim ahamiyat ega. Yangi tizim tufayli zarur hujjat yoki ma`lumotlarni tegishli idoralardan olish uchun endi u erga vaqt sarflab borishga hojat qolmaydi. 

– Buning uchun mijoz masofadan turib, tegishli idoraga o`zining old va yon tomondan frontal kamerali smartfon yordamida olingan suratini jo`natishi etarli, – deydi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi direktori o`rinbosari Baxtiyor Rizaev. – Surat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi bazasiga kelib tushadi va fuqaroning Davlat personallashtirish markazidagi (pasport uchun tushirilgan) suratiga avtomatik ravishda solishtiriladi. Masofadan turib, fuqaroning shaxsi shu yo`l bilan to`la aniqlanganidan keyin u so`ragan hujjat yoki ma`lumot unga berilishi mumkin. 

Mazkur loyihani ishlab chiqishda vaqt o`tishi yoki turli tabiiy jarayonlar tufayli inson qiyofasini o`zgarib borishi ham e`tiborga olingan. Turli yomon niyatdagi kimsalarning ushbu tizimdan o`z maqsadlari yo`lida foydalanishining oldini olish uchun xavfsizlik choralari ham mukammal tarzda ishlab chiqilmoqda. 

Yangi tizim faoliyati davlat idoralari uchun bepul yo`lga qo`yilishi kutilmoqda. Xususiy korxonalar esa, bu tizimdan shartnoma asosida foydalanishlari mumkin. Mutaxassislar bu tizimning 3-4 oy mobaynida to`la ishga tushishini ta`kidladilar. 

 

 

Шарҳлар