Му5
8

2019 yilda iqtisodiy sudlar tomonidan da`vogarlar foydasiga 11,7 trln. so`m undirilishi belgilandi

Iqtisodiyot 22.01.2020, 17:30
Теглар: sud, iqtisod
989
2019 yilda iqtisodiy sudlar tomonidan da`vogarlar foydasiga 11,7 trln. so`m undirilishi belgilandi

O`tgan 2019 yil mobaynida iqtisodiy sudlar tomonidan 197 291 ta ish ko`rib chiqilib, hal etildi. Shundan da`vogarlar foydasiga 11,7 trln. so`m undirish haqida sud qarorlari qabul qilindi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha 2019 yilda ko`rilgan ishlar soni 2018 yilga nisbatan 51 foizga kamaygan.. 

O`tgan davrda eng ko`p iqtisodiy ishlar Toshkent shahar, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Andijon viloyatlari iqtisodiy sudlari tomonidan ko`rib, hal etilgan.

Taraflarga qulayliklar yaratish hamda sud ta`sirchanligini oshirish maqsadida nizo tartibida ko`rilgan ishlarning asosiy qismi, ya`ni 126 678 tasi bevosita sayyor sud majlislarida ko`rib chiqilgan.

Ishlarning 3 676 tasi videokonferensaloqa rejimida ko`rib chiqilgani natijasida taraflarning 2,4 mlrd. so`mdan ziyod mablag`lari tejab qolindi.

Bu jarayonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini huquqiy himoya qilishga oid 31 948 ta iqtisodiy ish ko`rib chiqilgan va ular foydasiga 1,3 trln. so`m mablag` undirib berilgan.

Hisobot davrida iqtisodiy sudlarda ko`rilgan ishlarning asosiy qismini kontraktasiya, mahsulot etkazib berish, kredit, kommunal va haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar bo`yicha ishlar tashkil etdi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Iqtisodiy ishlar bo`yicha sudlov hay`ati tomonidan nazorat tartibida 675 ta shikoyat va protestlar ko`rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 345 ta qaror bekor qilindi va 115 ta sud qarorlari o`zgartirildi.

Шарҳлар