my5

Qo`mitalar raisligiga nomzodlar ma`qullandi

Siyosat 22.01.2020, 18:53
Теглар: nomzod, qo`mita
1238
Qo`mitalar raisligiga nomzodlar ma`qullandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qo`mitalar raisligiga nomzodlar deputatlar tomonidan ma`qullandi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Jumladan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi raisi lavozimiga – Qo`chqorov Bahrom To`lqinovich;

Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi raisi lavozimiga – Ismoilov Oybek Ortiqovich;

Davlat statistika qo`mitasi raisi lavozimiga – Begalov Bahodir Abdusalomovich;

Davlat soliq qo`mitasi raisi lavozimiga – Musaev Behzod Anvarovich;

Davlat geologiya va mineral resurslar qo`mitasi raisi lavozimiga – Islomov Bobir Farhodovich;

Davlat bojxona qo`mitasi raisi lavozimiga – Azimov Murotjon Berdialievich;

Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi raisi lavozimiga – Abdullaev Abdushukur Hamidovich;

O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi raisi lavozimiga – Bakirov Nizomiddin Jalilovich;

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi lavozimiga – Norqobilov Bahromjon To`raevich;

Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi raisi lavozimiga – G`ulomov Baxtiyor Vahobovich nomzodi ma`qullandi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a`zosi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin o`z vazifalarini bajarishga kirishadi.

Шарҳлар