AsosiyJinoyat

Quyichirchiqda qo`shnilarning ichkilikbozligi pichoqbozlik bilan tugadi

'Quyichirchiqda qo`shnilarning ichkilikbozligi pichoqbozlik bilan tugadi'ning rasmi

18 yanvar kuni taxminan soat 22:30 larda 57 yoshli B.M. Quyichirchiq tumani Kushek maxallasida yashovchi maxalladoshining uyida qo`shnisi 36 yoshli G.A. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste`mol qilib o`tirgan vaqtlarida o`zaro janjallashib qolib, B.M. stol ustidagi oshxona pichog`i bilan G.A.ning qorin sohasiga bir marta sanchib tan jarohati etkazgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, G.A. “og`ir” tan jarohati olganligi ko`rsatilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va unga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

 

    Boshqa yangiliklar